umra

Umra safari haqida toʼliq maʼlumot

Umra — islom anʼanasida kichik haj. Umra Qurʼon oyati va Paygʻambar (as) sunnati bilan sobit bulgan amal. Umrani yil — oʼn ikki oy bajarish mumkin. Umraning ikkita farzi bor: ehrom, Kaʼbani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor oʻziga, otasiga, onasiga, yaqinlariga Umra qilishi mumkin. Faqat har bir Umra uchun qayta miyqotga borib, yuvinib, ehromni kimga Umra qilayotgan boʻlsa usha kishiga niyat qilib kiyadi. Hajga borib, Makkada yashab turganlar uchun "Tanʼim"(hazrat Oysha) mayejidi miyqot hisoblanadi. Umra ibodati tartibi qoidalari haqida Birinchi: Umra qilmoqchi boʼlgan odam miyqotga yetib kelganidan soʼng, gʼusl qilib, tozalanishi mustaxabdir. Xotin qizlar ham, garchi xayz va nifos qoni koʼrayotgan boʼlsalar-da, gʼusl kilib, tozalanadilar. Biroq, qon toʼxtab, gʼusl qilib poklanmagunlaricha, Kaʼbani tavof qilmaydilar. Erkak kishi ehrom kiyimlariga tekkizmagan xolda, badaniga xushboʼy narsalar surishi mumkin. Agar miyqotda gʼusl qilish imkoni boʼlmasa, zarari yoʼqdir. Chunki uning Makkaga etib kelgach, qulaylik boʼlsa, tavof kilishdan avval gʼusl qilishi, mustaxabdir. Ikkinchi: Erkak kishi tikilgan barcha kiyimlarini yechib, izor (bel osti lungisi) va rido (bel usti lungisi) bogʼlaydi. Erkaklarning ok rangdagi izor va ridoni boshlarini oʼramasdan bogʼlashlari mustaxabdir. Xotin-qizlar esa, ziynat va shuxrati boʼlmagan oddiy kiyimlarni kiyishi – ehrom bogʼlashidir. Uchunchi: Soʼngra kalbi bilan ibodatga kirishishni niyat kiladi va tili bilan: «labbayka Alloxumma umratan» (Alloxim sening barcha xukmlaringga tayyorman va umraga niyat qildim) yoki «Alloxumma labbayka umratan» (Iloxim, sening barcha xukmlaringga tayyorman va umraga niyat kildim), deydi. Agar ehromdagi odam kasalligi, dushmanning xatari va bundan boshqa shariat izn bergan sabablardan biri sababli ibodatini ado eta olmay qolishdan qoʼrqsa, ehromga kirish paytida «Agar meni biron toʼsiq toʼssa, oʼsha yer mening ehromdan chiqish yerimdir», deb shart qiladi. Buning dalili Zuboʼa Zubayr qizining aytgan soʼzlaridir. U: «Yo rasulullox, men xaj qilmoqchiman, biroq, kasalman»- dedi. Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam: «Xaj qil. Birok, (kasallik) meni qayerda toʼssa, oʼsha er mening ehromdan chiqish yerimdir», deb ayt»- dedilar» (Muttafakun alayx). Exromni kiyganidan soʼng, rasulullox sollalloxu alayxi va sallam aytgan talbiyani aytadi: «Labbaykal-loxumma labbayk! Labbayka la sharika laka labbayk! Innal-xamda van-neʼmata laka val-mulk, la sharika lak». U bu talbiya va Alloxning zikrini koʼp aytadi va Alloxga koʼp duo qiladi. Masjidul-Xaromga yetib kelgach, xuddi boshqa masjidlarda qilganidek, eshikdan oʼng oyogʼi bilan kirib: «Bismillax, vassolatu vassalamu ala rasulillax, aʼuzu billaxil-aziym va bi vajxixil-kariym va sultonixil-kadiym minash-shaytonir rajiym. Alloxummaf-tax liy abvaba roxmatik (Alloxning nomi bilan.. Alloxning rasuliga salavot va salomlar boʼlsin. Men Buyuk Alloxdan, Uning buyuk yuzi va kadimiy sultonligi bilan (Alloxning raxmat dargoxidan) kuvilgan Shaytondan panox soʼrayman. Iloxim, men uchun raxmating darvozalarini och!)- deyishi sunnatdir. Keyin, Kaʼbaga yetib kelguniga kadar talbiya aytish bilan mashgul boʼladi. Toʼrtinchi: Kaʼbaga yetib kelgach talbiya aytishni toʼxtatadi va Qora tosh-Xajarul-asvadni qasd qiladi-da, uning qarshisiga yurib, uni oʼng koʼli bilan silaydi yoki imkoni boʼlsa, oʼpadi. Odamlarga ozor bermaydi. Silash paytida: «Bismillaxi valloxu akbar» (Alloxning ismi bilan va Allox buyukdir) yoki «Alloxu akbar» (Allox buyukdir), deydi. Agar oʼpish imkoni boʼlmasa, qoʼli yoki xassasi va shunga oʼxshash biron narsa bilan silaydi va silagan narsasini oʼpadi. Agar silash imkoni xam boʼlmasa, koʼli bilan ishora kiladi va: «Alloxu akbar» (Allox buyukdir)- deydi. Ishora kilgan narsasini oʼpmaydi. Tavof toʼgri-saxix boʼlishi uchun tavof kilayotgan odamning gusli va taxorati boʼlishi kerak. Chunki tavof xam namoz singari boʼlib, fakat unda gapirishga ruxsat berilgan. Beshinchi: Tavof qilar ekan, Kaʼba uning chap tarafida boʼlishiga dikkat kilinadi va uni etti marta tavof kilinadi. Agar oʼng taraf – «ruknul-yamoniy»ga etib kelinsa, uni oʼng koʼl bilan silanadi va: «Alloxu akbar» deyiladi. «Ruknul-yamoniy»ni oʼpilmaydi. Agar silash imkoni boʼlmasa, silamay tavofda davom etiladi: unga ishora xam kilinmaydi va takbir xam aytilmaydi. Xajarul-asvadga etib kelingach, yukorida eslatib oʼtilganidek, uni silanadi, oʼpiladi va takbir aytiladi. Boʼlmasa, unga ishora kilinib, takbir aytiladi. Erkaklargagina «kudum» - kelish tavofi asnosida birinchi uch tavofda «raml» - kichik kadamlar bilan tez yurish, mustaxabdir.. Bundan tashkari, erkaklarning «kudum» tavofining barcha shavt-martalarida ridolarining oʼrtasini oʼng elkalarining ostiga va ikki tarafini chap elkalarining ustiga koʼyishlari mustaxabdir. Barcha shavtlarda imkoni boricha Alloxning zikri va duolarning koʼp aytilishi mustaxabdir. Tavofda oʼkiladigan maxsus duo va maxsus zikr yoʼqdir. Balki, bilgan zikr va duolar oʼkilaveradi. Ikki rukn oʼrtasida: «Robbana aatina fid-dunya xasanatan va fil-oxirati xasanatan va kinaa azaban-naar» (Robbimiz, bizlarga dunyoda xam, oxiratda xam yaxshiliklar ato et va jaxannam azobidan sakla!) duosini xar bir shavtda aytiladi. Chunki bu, rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan sobitdir. Ettinchi shavtni, yukorida zikr kilinganidek, imkoni boʼlsa Xajarul-asvadni oʼpish yoki silash yoki ishora kilish va takbir aytish bilan tugallanadi. Bundan soʼng ridoni yopiniladi: elkaga tashlanib, uchlari koʼksida boʼladi. Oltinchi: Makom(i Ibroxim) orkasida, imkoni boʼlsa, nikki rakaat namoz oʼkiydi. Agar imkoni boʼlmasa, masjidning xar kaysi erida oʼkilsa xam boʼlaveradi. Uning birinchi rakatiga fotixadan soʼngra «Kofiruvn», ikkinchi rakaatida esa «Ixlos» suralarini oʼkiladi. Bunday kilish afzaldir. Agar boshqa suralarni oʼkilsa, zarari yoʼk. Ikki rakatni tugatilganidan soʼng, Xajarul-asvad tomon yuriladi va imkoni boʼlsa oʼng qoʼl bilan silanadi. Yettinchi: Keyin Safo (togʼi) tarafiga borib, uning ustiga chiqiladi yoki turiladi. Chiqish afzaldir. Birinchi shavtni boshlashdan avval: (إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ) «Innas-Sofa val-Marvata min shaʼoirillax» (Safo va Marva (toglari) Alloxning ibodat qilinadigan yerlaridir) oyatini oxirigacha oʼqiydi. Exromdagi odamning qiblaga yuzlanib turishi, Alloxga xamdu takbir aytib: (لا إله إلا الله، والله أكبر، لا إله إلا الله وحده لا شريك له، له الملك وله الحمد وهو على كل شيء قدير. لا إله إلا الله وحده، أنجز وعده، ونصر عبده، وهزم الأحزاب وحده) «La ilaxa illallox. Valloxu akbar, la ilaxa illalloxu vaxdaxu la sharika lax, laxul-mulku va laxul-xamd, va xuva ala qulli shayʼin qodiyr. La ilaxa illalloxu vaxdax, anjaza vaʼdax va nasara abdax va xazamal-axzaba vaxdax» (Alloxdan oʼzga ilox yoʼqdir va Allox buyukdir! Sheriksiz yolgʼiz Alloxdan oʼzga ilox yoʼqdir xamda egadorlik va xamdlar Ungagina xosdir. Xolbuki, U barcha narsaga qodirdir. Yolgiz Alloxdan oʼzga ilox yoʼqdir. U vaʼdasiga vafo kildi, bandasiga yordam berdi va oʼzi guruxlarni magʼlub qildi), deb qoʼllarini koʼtarib duo kiladi va bu zikr va duolarni uch marta takrorlaydi. Keyin, Marva togʼi tomon yuriladi va birinchi belgiga yetib kelganda, erkaklar ikkinchi belgiga etgunga kadar yugurib chopadilar. Xotin-kizlarning yugurishlari shariatda koʼrsatilmagan. Chunki xotin-kizlar avratdir. Soʼngra davom etib, Marva togiga chikiladi yoki Marvada turiladi: togning ustiga chikish afzaldir. Marva togida xam Safo togida kilingan ishlarni kilinadi. Birok, yukorida zikri oʼtgan oyatni oʼkilmaydi. U oyatni rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan namuna olib, fakatgina birinchi shavtda Safo togʼidagina oʼqiladi, xolos. Keyin togʼdan tushib, Safo togiga etib borilguniga qadar sekin yuriladigan erda sekin, yuguriladigan erda yuguriladi. yetti shavt shu kabi ado etiladi: Borish bir, kaytish esa aloxida bir shavt xisoblanadi. Xususan, extiyoj boʼlsa, biron narsani minib yursa, zarari yoʼq. Yurish asnosida koʼp zikr va duolar qilish mustaxabdir. Bu yurishda xam guslli va taxoratli boʼlish kerak. Taxoratsiz yursa zarari yoʼq. Sakkizinchi: Agar yurish-saʼy nixoyasiga etsa, erkaklar sochlarini qirishlari yoki qiskartishlari zarur. qirib tashlash afzaldir. Agar Makkaga kelish payti xaj mavsumiga yaqin boʼlsa, sochlarni qiskartish afzaldir. Chunki sochning kolgan qismini xaj mavsumida qirib tashlanishi mumkin. Xotin-kizlar esa, sochlarini toʼplab uning uchidan bir barmoq boʼgimicha yoki undan ozroq qirkishlari etarlidir. Exrom bogʼlagan odam yuqorida zikri oʼtgan amallarni qilsa, umra ibodati tugaydi valxamdu lillax va unga ehrom boglashi bilan harom boʼlgan barcha narsa xalol boʼladi. Allox taʼolo bizlarni va barcha musulmon birodarlarimizni dinida fakix va sobitqadam boʼlishga muvaffaq qilsin xamda barchadan ibodatlarini qabul etsin. Darxaqiqat, U saxovatli karim zotdir.

haj safari necha kun

Umra safari 2024

haj safari necha kun

Umra safari narxlari 2024

  • Aviakompaniya: Centrum Air
  • Davomiyligi: 7 kun
  • Ovqatlanish: 2 mahal
  • Viza: Kiritilgan
  • Tibbiy yordam: 24/7
  • Tajribali va oliy ma'lumotli Ellikboshi
  • 5 litr Zam-Zam suv
  • Sumka va nishon

haj safari necha kun

Umra qanday ibodat?

Umra safari 2024

Bismillahir Roxmanir Roxiym.

Umra ibodatining insonlar uchun diniy, dunyoviy, tarbiyaviy manfaatlari juda ko'p. Umra ibodati deganda Allohning baytini ziyorat qilish tushuniladi. Inson umrida loaqal bir marotaba Umra ibodatini bajarishi sunnati muakkada amallardan hisoblanadi. Umra safaridan maqsad - Haj safarini oldindan o'rganish, malakani oshirishdir. Xadislarda keltirilishicha, ikki Umra orasida qilingan gunoxlar kechirilishiga kafforatdir deyiladi.

Umra safariga borganlar Madina shahridagi Masjidun Nabaviyni ham ziyorat qiladilar. U yerga Payg'ambarimiz Muhammad S.A.Vning muborak jasadlari ko'yilgan. Masjidga kirgan inson yashil gumbazli Payg'ambarimiz maqbaralariga ko'zi tushgan zaxoti Payg'ambarimizga salom va salovatlar aytishlari lozim.

Payg'ambarimiz uylari bilan minbarlari orasida "Ravza" deb atalmish bir makon bor-ki, u makon Jannat bog'laridan bir bog'dir. U yerda namoz o'qib, Allohdan Payg'ambarimiz shafoatlariga noil qilishini so'raladi.

Masjidun Nabaviyda o'qilgan namozning bir rak"atiga ming rak"at namoz savobi beriladi, in shaa Alloh! Masjidun Nabaviyda salom va salovatlarni ko'p aytish, namoz bilan mashg'ul bo'lish, Qur'on tilovatlari, sadaqa va exsonlar qilishda bag'ri keng bo'lish lozim.

Madinada bo'lgan inson Payg'ambarimiz xulqlari bilan xulqlanishni, Qur'onga mehr qo'yishni, ibodatlarni mukammal bajarishni, insonlarga mehr-oqibatli bo'lishni o'rganadi.

Umra safariga qachon borsa bo'ladi?

Umra safari narxlari 2024

Umra ziyoratiga yil davomida borish mumkin. Ramazon oyining Qadr kechalarida bajarilgan Umra ibodatlarining savobi yetmish barobar ko'paytirilib beriladi. Ramazon Umrasi - mukammal bajarilgan Xaj ibodatiga teng deyiladi.

Umra ziyorati va Haj ziyorati farqlari qanday?

Umra amali bn Haj amalining farqlaridan biri shunda-ki, Umra amali yilning istalgan vaqtida bajariladi. Umraning amallari yengil:

Ka'bani tavof qilish, maqomi Ibrohimda ikki rak'at namoz o'qish, to'yib-to'yib Zam-zam suvidan ichish, Safo va Marva tog'lari oralig'ida sa'y qilish, sa'ydan so'ng ikki rak'at namoz o'qish, soch oldirish yoki qisqartirish bilan Umra amali bajarilgan hisoblanadi. Bu ibodatlarni qisqa vaqt ichida bajarib olish mumkin. Umra ibodatining Hajga nisbatan amallari yengil bo'lgani uchun, "Kichik Haj" deb ataladi.

Hajning esa murakkab amallari mavjud. Bu amallarni mukammal bajarish uchun, Umra amaliga yetadigan vaqt kifoya qilmaydi. Ya'ni Haj - muayyan belgilangan vaqtda, ma'lum makonda, maxsus ibodatlarni niyat qilib, ado etish bilan bajariladi. Muayyan vaqtda, ya'ni Haj - Haj bo'lmog'i uchun, aynan Zulhijja oyining 9-kuni, ya'ni Arafa kuni bo'lmoqligi kerak. Arafa kunidan boshqa kun bu kunning o'rnini bosolmaydi.

Muzdalifada turish, Minoda turish, shaytonga tosh otish, Tavofi ifoza qilish, qurbonlik so'yish kabi ibodatlar ham belgilangan vaqtlardagina bajariladi.

Ma'lum makonda, ya'ni Makkai Mukarrama, Harami Sharif, Mino, Arofat, Muzdalifa kabi Muqaddas joylarda maxsus ibodatlarni ado etish uchun mana shu joylardagina bajarilishi lozim. Boshqa joylarda bu ibodatlar bajarilmaydi. Bordi-yu bajarilsa ham, Haj o'rniga o'tmaydi.

Ma'lum ibodatlar deganda, Ka'bai Muazzamaning tavofi, Safo va Marva tepalari oralig'idagi sa'y, Arofatdagi uqu, Muzdalifada turish, Minoda ma'lum kunlar turish, shaytonga tosh otish kabi ibodatlar kiradi. Mana shu ibodatlarning vaqtini, makonini, amalini o'z o'rniga qo'yib, shariat asosida bajarilishi "Haj" deb ataladi.

Haj amali-faqatgina Haj ibodatida bajariladigan maxsus amallari bilan Umra amalidan farqlanib turadi. Haj ibodati Islom dinining besh ruknidan biri hisoblanadi.

Yana bir Umra va Haj amallari urtasidagi farq, Umra ziyorati sunnati muakkada amaldir. Haj ibodati esa, qodir bo'lgan odamlarga, Alloh uchun Baytullohni haj qilish farz amalidir.

Umra ziyorati 2024

Umra safarining narxlari muntazam bir narxda bo'lolmaydi. Buning sabablari ko'p.

Masalan, hadislarda "Ramazon oyidagi Umraning savobi - Haj ibodatining savobiga teng" deyilgani sababli bu oyda ziyoratchilarning Umraga borish talablari oshadi va narxlar ko'tarilishiga sabab bo'ladi.

Mehmonxonalarning Haramga uzoq-yaqin joylashishi, shart-sharoitlari xilma-xil bo'lishi ham narxning turlicha bo'lishida katta ahamiyatga ega. Mehmonxonaning Masjidul Haramga yaqin joyda joylashishi, ichki sharoitlarining a'lo darajada bo'lishi, ziyoratchilarning mashaqqatsiz tunu-kun Haramga piyoda qatnashlari kabi qulayliklar narxlarning yuqori bo'lishining asosiy sabablaridan biri xisoblanadi.

Yana sabablardan biri, ziyoratchilar uchun turli sayoxatlar uyushtirilishidir.

Bundan tashqari Umra safarining necha kun davom etishiga qarab narxlar o'zgaradi. Masalan ziyoratga 10 kunga boruvchilar uchun narxlar arzonroq bo'lsa, 14-16 kunga boruvchilar uchun narxlar qimmatroq bo'lishi tabiiy xol.

Yana bir toifa insonlar bor-ki, "Umra ziyoratiga borganda mashaqqatlari bo'lishi oddiy xol, Payg'ambarimiz sallollohu 'alayhi vasallam Umra va Haj ziyoratlariga mashaqqatlar bilan borganlar" deya e'tiqod qiladilar. Bunday ziyoratchilar Haramdan uzoqroq masofada bo'lgan, sharoitlari oddiyroq, narxlari bir-muncha arzonroq mehmonxonalarda joylashishlari mumkin.

Yana narxlarga ta'sirini o'tkazadigan bir vosita - Saudiya Arabistoni iqlim jixatidan issiq o'lka ekani. Buni xisobga olgan ziyoratchilar sog'liqlari tufayli ziyoratlarini o'zlariga qulay bo'lgan salqin vaqtlarga qoldiradilar va buning sababida narxlar bir oz arzonlashadi.

Xullas ziyoratni tashkillashtiruvchi turistik kompaniyar ziyoratchilarning xolatlari, talab-xoxishlari, moddiy-moliyaviy sharoitlarini xisobga olgan xolda, Saudiya Arabistoni xamkor kompaniyari bilan kelishuv asosida, turli narxlarda ziyoratlar uyushtiradilar. Ziyoratchilar uchun qulay bo'lgan, o'z sharoitlaridan kelib chiqqan xolda arzon yoki qimmat bo'lgan yo'llanmalar bilan ziyoratga borish imkonini yaratadilar.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlar biz bilan kommunikatsiya uchun juda qulay usul. Biz Sizning har bir xabar, har bir kommentariyni diqqat bilan o‘qiymiz. Va bizga Sizning fikringiz juda muhim.

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling va o‘z fikringiz bilan ulashing. Bu bilan siz bizni yana-da yaxshi bo‘lishimizga yordam berasiz.

haj safari necha kun

Mijozlarimiz biz haqimizda

  • USD 12345.12
  • EUR 13501.86
  • Google play
  • Toshkent da +14°C
  • Toshkent vil
  • Internet-nashr
  • Tahririyat haqida
  • Aloqa ma'lumotlari
  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati
  • Yangiliklar arxivi
  • Instagram | Rasmiy
  • Instagram | Lifestyle
  • Instagram | Sport
  • Facebook | Rasmiy
  • OK | Rasmiy
  • YouTube | Daryo
  • YouTube | Daryo Rus tilida
  • YouTube | Daryo Global

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj safari narxi oshgani va qanday xarajatlarni o‘z ichiga olgani haqida ma’lumot berdi

“Haj-2022” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori oshirilib, 62 million 900 ming so‘m etib belgilangandi . O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu to‘lovga nimalar kirishi haqida ma’lumot berdi .

Idora tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda birinchi navbatda Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilingani, shuningdek, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgani bildirib o‘tilgan.

Shuningdekdek, Haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga 2022-yilda yangi majburiy to‘lovlar joriy etilgani , shu sababli dunyo mamlakatlari uchun haj xizmatlari narxi o‘rtacha 40-45 foizga ko‘tarilgani qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tomoni Saudiya bilan olib borilgan uzoq muzokaralar natijasida ziyoratchilar uchun iqtisodiy paket narxiga lyuks darajasidagi xizmat ko‘rsatishga erishdi va to‘lov uchun o‘rta narxni belgiladi. Ayrim davlatlarda eng qimmat paketlar narxi 25 ming dollargacha etib belgilangan.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar joriy mavsumda birinchi marta Madina shahrida “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonalarida istiqomat qiladi . Makka shahrida esa “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida yashaydi.

Ta’kidlanishicha, Ushbu mehmonxonalar yuqori sig‘imli ekani, muqaddas qadamjolarga yaqinligi bilan alohida ajralib turadi. Masalan, Makka shahridagi “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi barcha hojilarimizni bir vaqtda joylashtirish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, safar davomiyligi ayrim qo‘shni davlatlar ziyoratchilari singari 14-17-20 kun emas, balki 26 kun ni tashkil etadi. Bu ham, tabiiy ravishda, narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Joriy haj mavsumida Saudiya hukumatining qaroriga asosan, barcha to‘lovlar shirkatlar orqali emas, balki Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligining “Haj elektron portali” orqali belgilangan tartibda amalga oshirildi. Ushbu portalda har bir davlat uchun alohida hisob raqami mavjud bo‘lib, barcha xizmatlar: mehmonxona, transport, mashoir va hokazolar uchun shu yerning o‘zida inson omilisiz shaffof holda amalga oshiriladi.

Mashoir (Mino, Arafot, Muzdalifa) xizmatlari ham sezilarli darajada ko‘tarildi. Shunday bo‘lsada, iqtisodiy paket olindi va oldinlari taqdim etilmagan xizmatlar ko‘rsatishga erishildi.

“Jumladan, avvallari ziyoratchilar Mino vodiysida gilamda yotgan bo‘lsalar, bu yil har bir hoji uchun maxsus yoyma to‘shaklar (matraslar) ajratiladi. Shuningdek, boshqa davlatlarda 3 mahal issiq ovqat berilmasada, yurtimiz ziyoratchilari uchun Mino va Arafotda ham 3 mahal issiq ovqatlar tortiq etiladi. Qolaversa, 24 soat davomida bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi”, — deyiladi idora bergan izohda.

  • Haj vizasi;
  • Shaharlararo (Madina-Makka-Jidda) transport xizmati;
  • Madina shahrida “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonasi;
  • Madina shahrida Uhud tog‘i, Qubo va ikki qiblali masjidlarga ziyorat;
  • Makka shahrida “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi;
  • Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylaridagi barcha xizmatlar;
  • 24 soat tibbiy xizmat;
  • Hojilarning tibbiy sug‘urtasi;
  • 24 soat transport xizmati;
  • 3 mahal isiq ovqat: nonushta, tushlik va kechki ovqat;
  • Haj qo‘llanmasi;
  • Davlat ramzlari tushirilgan nimcha va sumka;
  • “Zamzam” suvi (5 litr);
  • Respublikaning 7 ta hududidan kuzatish va kutib olish;
  • Madinai munavvaraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys;

Haj safarga jo‘nash aviaqatnovlari 18-iyun kuni Uzbekistan Airways samolyotlari orqali amalga oshiriladi  va 30-iyunga qadar davom etadi. Ziyoratchilarni Toshkent, Namangan, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlaridan tashish reja qilingan.

Mavzuga doir

Andijonda to‘rt nafar bolaga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar topshirildi, namanganda 14 yashar bola bog‘dagi attraksionni harakatlantirishga urinib, yiqilib tushdi. unga hech qanday jarohat yetmagani aytilmoqda (video), yining o‘zbekistondagi elchisi: “o‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasi bilan ilmiy tadqiqotlar o‘rtasidagi bog‘liqlik juda zaif”, samarqandda yo‘ldan o‘tayotgan 4 yoshli qizcha nexia-3 urib yuborishidan vafot etdi, “o‘zbekneftgaz”: boshqaruv raisi ishlab chiqarish holatini o‘rganish maqsadida buxoro neftni qayta ishlash zavodida bo‘ldi, mirobod tumanidagi qator ko‘chalar avtotransport harakati uchun vaqtincha yopildi.

 alt=

Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi

Uzbekistan airways toshkent va maxachkalani muntazam aviaqatnovlar bilan bog‘laydi, imzo kompaniyasi germaniyaning rom va eshik tizimlari — rehau sotuvi boshlanganini eʼlon qiladi, caex mebel & decor ko‘rgazmasi sold out’ga yaqinlashmoqda, xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishning oxirgi imkoniyatini qo‘ldan boy bermang , jizzax viloyati qurilish materiallari bo‘yicha xalqaro forumga mezbonlik qiladi, “kapitalbank”dan biznes uchun 17% gacha depozitlar, mijoz-tadbirkor-investor: caex bizning uylar ko‘rgazmasi barchasini bir maydonda jamladi, anorbank savdo ofislari tarmog‘i o‘zbekiston bo‘ylab faoliyat ko‘rsatmoqda, beepul va uzcard butun mamlakat bo‘ylab terminallar orqali tezkor to‘lovlarni yo‘lga qo‘ymoqda , okmk: yangi metallurgiya majmuasi barpo etilmoqda, “o‘zbekiston 24” telekanalida akfa group kompaniyasining eksport salohiyati haqida maxsus lavha efirga uzatildi , “onix” turar joy majmuasi to‘liq taʼmirlangan shinam kottejlarni oldindan bron qilish boshlanishini eʼlon qiladi, nrg u-tower turar joy majmuasidan toshkentning betakror manzarasi: istiqomat qiluvchilarning birinchilariga o‘z xonadonlari kalitlari topshirildi , anorbank x emaktab maxsus loyihasining ikkinchi bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi , universalbank “invest 8” omonat turini moliyaviy o‘sishni istaganlar uchun taklif qiladi, asaka motors international kompaniyasi o‘zbekistonda opel brendi taqdimotini o‘tkazdi, matnda xato topdingizmi.

Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.

“Yil imomi – 2023” ko‘rik tanlovi g‘olibiga Haj safari yo‘llanmasi berildi

5-dekabr kuni O‘zbekistondagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-domlalar o‘rtasida “Yil imomi – 2023» ko‘rik tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar imom-domla bellashdi.

haj safari necha kun

Musulmonlar idorasining xabar berishicha, ishtirokchilar Qur’oni karim qiroati va tafsiri, aqida, fiqh, Islom tarixi, hadis ilmlari, allomalar ijodiga oid savollarga javob bergan. Shuningdek, imomlar mehnat faoliyatlari davomida amalga oshirgan ishlari va ijodlarini namoyish etdi. Qatnashchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan mezonlar asosida baholandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarga munosib topildi:

1-o‘rin – Toshkent shahridagi “Xolid ibn Valid” jome masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljonovga I darajali diplom va Haj safari yo‘llanmasi;

haj safari necha kun

2-o‘rin – Andijon viloyatidagi “Mirzaxoliq ota” jome masjidi imom-xatibi Muhammadiyxon domla Hojiyevga II darajali diplom va 15 mln. so‘m pul mukofoti;

haj safari necha kun

3-o‘rin – Samarqand viloyatidagi “Shayx Xudoydod Vali” jome masjidi imom-xatibi Anvar domla Ahmedovga III darajali diplom va 12 mln. so‘m pul mukofoti topshirildi.

haj safari necha kun

Umra safaringizni Ziya Travel bilan boshlang!

Hoziroq bog'laning va biz haqimizda to'liq ma'lumotga ega bo'ling

Ziya Travel - Umra va Haj safaringizni biz bilan amalga oshiring

Biz haqimizda.

ZIYA Travel sayyohlik agentligi turizm sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega. Dastlab o’z faoliyatini xorijiy davlatlarga sayohatga borish uchun turistik xizmatlar ko’rsatgan,jumladan Turkiya, BAA, Chexiya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlarga. 2019-yildan boshlab ZIYA Travel kompaniyasi Haj va Umra yo’nalishida ham sayyohlik xizmatlarini ko’rsatishni yo’lga qo’ydi va shu vaqtgacha ZIYA Travel turfirmasi yuzlab ziyoratchilarni Umra safarlarini bekamu ko’st ado etishlariga o’z hissasini qo’shishga muvaffaq bo’ldi. Shu bilan birga ZIYA Travel O’zbekistondagi Umra Sayohatlari Assotsiatsiyasiga a’zo bo’ldi

Umra to'plamlari

Ko'p berilgan savollar, 1. qaysi havo yo'llari orqali uchiladi.

Ziya Travel'dagi barcha reyslar faqat O'zbekiston havo(UzAirways) yo'llari orqali amalga oshiriladi.

2. Tibbiy sug'urta mavjudmi

Ha albatta, safar davomida sizga tibbiy sug'urta beriladi va tibbiy yodam ham ko'rsatiladi.

4. Qanday uchiladi?

Ketish Toshkent - Jidda va qaytish ham Jidda - Toshkent

5. Umra safari necha kun davom etadi?

Safar umumiy 15 kun davom etadi, 3 kecha Madinada va 11 kecha Makkada bo'linadi

6. Yosh bolalarga chegrimalar bormi?

Ha albatta, 2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun chegirmalar mavjud

7. Necha mahal ovqat beriladi?

Mehmonxonalarimizda 2 mahaldan ovqat beriladi

8. Ofisingiz qayerda joylashgan?

Ofisimiz, Bobur ko'chadan kelayotganda Toshkentdagi xalqaro aeroportning mostiga yetmasdan, o'ng qo'lda joylashgan. Ofisning ro'parasida Birja joylashgan. Aniq lokatsiyani ko'rish uchun, quyidagi tugmani bosing (lokatsiya)

Ertaga Andijon shahrining 8 ta mahallasida suv ta’minoti uziladi

Andijonda suv ta’minoti idorasi xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklandi, o‘zbekiston musulmonlari idorasi haj safari narxlari oshganiga izoh berdi.

15:46 / 05.06.2022

image

Ma’lum qilinishicha, joriy mavsum uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 mln 900 ming so‘m etib belgilandi.

image

Umra ziyoratchilari uchun qulaylik yaratildi

14:38 / 26.10.2021

image

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ogohlantirish bilan chiqdi

13:41 / 20.05.2023

image

O‘zbekistonda haj mavsumi qachon boshlanishi aytildi

13:14 / 28.05.2023

image

Bu yil Haj ziyoratiga O‘zbekistondan 15 ming kishi boradi

18:33 / 01.06.2023

image

Farg‘onada hajga yuborish uchun 20 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

10:16 / 09.06.2023

image

O‘zbekistonda ishlayotgan talabalar soni qancha?

20:42 / 28.04.2024

O'zbekiston

Kategoriyalar, bog'lanish uchun.

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

[email protected]

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

G'oya muallifi

Firdavs Fridunovich Abduxoliqov

  • MARKAZ HAQIDA
  • old.bukhari.uz

ar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz

haj safari necha kun

MARKAZIY OSIYO ILMIY MARKAZLARIDA ANʼANALAR DAVOMIYLIGI: INQIROZLAR VA UZILISH DAVRLARI

haj safari necha kun

Yuta shtati delegatsiyasi – Markaz mehmoni

haj safari necha kun

Tavsiyalar amaliyotda qoʻllanadi

haj safari necha kun

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …

Creative Commons Attribution 4.0 International

background

  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Tahorat kitobi
  • Namoz kitobi
  • Jamoat kitobi
  • Ro‘za kitobi
  • Zakot kitobi
  • Rasululloh (s.a.v.)
  • Moʻminlarning onalari
  • Islom xalifalari
  • Sahobai kiromlar
  • Siyrat viktorinasi
  • Ibratli hikoyatlar
  • Ulug‘ zotlar o'giti
  • Bugunning gapi
  • Islomiy axloq
  • Islomiy she’riyat
  • Sayt haqida
  • Saytdan qidirish
  • Islomiy saytlar
  • Yangiliklar

image1

"Haj" so‘zining lug‘aviy ma’nosi qasd qilish demakdir. Shar’iy istilohda esa, maxsus amallarni ma’lum bir joyda, muayyan bir vaqtda ado etishni qasd qilishdir. Izoh: Maxsus joy Ka’ba va Arafotdir, muayyan vaqt esa, haj mavsumi, ya’ni Shavvol, Zulqa’da va Zulhijja oyining ilk o‘n kunidir. Maxsus amal esa, Baytullohni tavof qilish hamda Arafotda turishidir.

Hajning farz bo‘lish vaqti

Haj hijratning to‘qqizinchi yili farz qilindi, umr davomida bir marta ado etish farz. Sharoit bo‘lganida kechiktirmaslik lozim.

Hukmi va farz bo‘lishining dalili

Haj islomning besh ruknidan biridir va umr mobaynida bir marta ado etiladigan farzdir. Farzligi Qur’oni karim bilan sobit. Dalili esa Alloh taoloning ushbu mazmundagi oyati karimasidir: "...va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchui mana shu uyni haj qilish burchi bordir..." (Oli Imron, 97). Shuningdek, hajning farzligi quyidagi hadis bilan ham sobitdir: "Ey insonlar! Haj sizlarga farz qilindi, bas, haj qilingiz!" Hajning farzligi masalasida barcha musulmon olim va faqihlar yakdildir. Shuning uchun inkor qilgan kofir bo‘ladi. Butun Islom dunyosiga iqtisodiy, siyosiy va diniy hayotlarida behisob foydalar keltirgai hikmatlari tufayli haj yo‘lga qodir bo‘lganlarga farz qilindi.

Ka’baning qisqacha tarixi

Ka’ba yer yuzidagi eng birinchi ibodatgohdir. Alloh taoloning amri bilan bir farishta, rivoyatlarga ko‘ra, Jabroil, alayhissalom, tomonidan qurilgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan uning faqat poydevori qolgan. Odam, alayhissalom, yaratilgach, Alloh unga eski poydevor ustida Ka’bani qayta qurishni buyuradi. Keyinchalik Ibrohim, alayhissalom, yana eski poydevor ustiga Ka’bani yangidan quradilar. Islomiyatga qadar Ka’ba Amalika, Jurhun qabilasi, Payg‘ambarimizning buvalari Qusayy va nihoyat, Quraysh qabilasi tomonidan turli davrlarda ta’mir qilinadi. Islomiyat davrida esa, Umaviylardan dastlab Yazid, so‘ngra Abdumalik davrida ikki marta qurshab olinadi va natijada Ka’ba zarar ko‘radi. Har ikki qurshovdan so‘ng Makka amiri Abdulloh ibn Zubayr, roziyallohu anhu, tomonidan ta’mir qilinadi. Endi hajning fazilatlaridan ba’zilarini bayon qilib o‘tamiz: 1. Haj Islomning porloq o‘tmishini eslatadi, musulmonlarningdiniy shuurini uyg‘otadi. Chunki hajda musulmonlar Allohning uyi Ka’bai muazzamani tavof qila dilar. Ibrohim, alayhissalom, davrlarini yodga oladilar, namoz o‘qiydilar. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, masjidlarida ravzalarini ziyorat qiladilar. Islomning shon-shuhratini yuksaklarga ko‘targan qahramon sahobalarning qadamjolarini ko‘radilar. Shu sabab ular qalbida Islomga muhabbat kuchayadi, ulug‘ ajdodlardan ibrat olish ishtiyoqi jo‘sh uradi. 2. Haj mo‘minlarning gunohlardan poklanishi Allohning marhamati va barakoti bandalari ustiga yog‘ilishi uchun bir vasiladir. Chunki ba’zi olimlar aytishlaricha, shunday gunohlar borki, faqat Arafotdagi vuquf tufayligina Allohularni kechirishi mumkin. 3. Haj oylari musulmon mamlakatlarining turli san’at asarlarini tanituvchi xalqaro ko‘rgazma, barakotli tijorat mavsumidir. Hajda nafaqat vahiy ingan tuproqlarda yashayotgan xalqlarning, balki uzoq diyorlardan kelgan ziyoratchilarning ham katta iqtisodiy manfaatlari bor. 4. Haj ulkan hayot maktabi, ya’ni musulmonlar orasida o‘zaro yordamlashuv va ma’lumot almashinuviga sabab bo‘lgan safardir. Kishi haj safari asnosida ko‘plab mamlakatlar, turli-turli millatlarni ko‘radi. Ularning hayot tarzlari va urf-odatlari bilan tanishadi, ibratlanadi, hayotiy tajribalar orttiradi. 5. Haj kuchli irodaga ega bo‘lgan, Allohning tavfiq va yordamiga chin dildan ishonib, tavakkul qilgan kishilar bajara oladigan bir mashaqqatli ibodatdir. Bu mashaqqatlar hojining axloqini go‘zallashtiradi, qo‘polligini ketkazib, unga oddiy imkonlar bilan yashashni, kamtarlikni, sabr-bardoshli bo‘lishni o‘rgatadi. 6. Haj boyu kambag‘al, amaldor-xizmatchi hammasi ham Allohning ojiz bandalari ekanini ko‘rsatuvchi, haqiqiy tenglik va birodarlik ko‘zgusidir. Chunki hajda barcha hojilar dunyo va uning ziynatlaridan qalban uziladilar, barcha bir xil libos — ihrom kiyib, yaxshi so‘zlarni aytib, xuddi bir insondek oydin tuyg‘ularga to‘lgan qalb bilan yagona Allohtaologa yolvoradi. Hech kim o‘zini dunyoviy martabasi va boyligi tufayli boshqalardan afzal ko‘ra olmaydi. Faqat taqvodagina ba’zilari ba’zilaridan ustun bo‘lishi mumkin. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, aygganlaridek: "Arab ajamga nisbatan faqat taqvo jihatidan fazilatli bo‘lishi mumkin". Hammaning kiygani ihrom barcha musulmonlar orasidagi haqiqiy tenglikka ishorat qiladi. Ayni paytda insoniyatga bu dunyo va uning go‘zalliklaridan ayirib, narigi dunyoga yuzlangan dastlabki holatni eslatadi. Chunki kishi qabrga ham ihromga juda o‘xshash matoga o‘ralib ketadi. Bu esa, kishi solih amallar bilan oxiratga tayyorgarlik qilishga tashviq qiladi. Oyati karimada aytilganidek: "Oxirat uchun tayyorlangan zodi rohilalar ichida eng xayrlisi taqvodir". 7. Haj butun dunyo musulmonlarini bir davraga yig‘uvchi xalqaro anjumandir. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan millonlab insonlar Islom manfaatlarini ko‘zlab maxsus kunlarda Allohni zikr qilish uchun to‘planadilar. Islomiyat ularning ko‘ngillarini, fikr va tuyg‘ularini birlashtirib turadi. Hojilar hajga kelib bir-birlari bilan tanishadilar, sevishadilar, muammolarini hal qilishda bir- birlariga yordam beradilar. 8. Alloh taolo Qur’oni karimda aytadi, ".. va o‘sha vaqtni eslangizki, Biz bayt (Ka’ba)ni insonlar uchun savob qozonish va himoyalanish joyi qildik". Harami Sharifda nafaqat insonlar, balki hayvonlar ham xavfsizlik va huzur ichida bo‘ladilar. Bu jihatdan dunyoda Haramga teng keladigan makon yo‘q. Rivoyat qilinishicha, Hazrati Umar, roziyallohu anhu: "Ka’bada otam Xattobning qotilini ushlab olsam, u yerdan chiqqunicha (unga) qo‘limni tekkizmayman", degan ekanlar. 9. Haj Allohtaoloning insonlarga bergan ne’matlariga bir shukronadir. Chunki Alloh insonlarga sihat-salo-matlik, zaruriy ehtiyojlaridan tashqari mol-davlat va yana ko‘plab ne’matlar bergan. Shunday bo‘lgach, Alloh bergan ne’matlarga shukr qilish farzdir.

Farz bo‘lishining sababi

Hajning farz bo‘lish sababi Baytul Haram Ka’baning mavjudligidir. Shuning uchun inson umr davomida bir necha marta hajga borishi shart emas.

Farz bo‘lishining shartlari

1. Musulmon bo‘lish. 2. Balog‘atga yetganlik. 3. Aqlli bo‘lish. 4. Ozod (hur) bo‘lish. 5. Hajdan qaytgunicha, qaramog‘idagi kishilarning ehtiyojlaridan tashqari o‘zining barcha safar harajatlarini ham qoplaydigan mablag‘ga ega bo‘lish. 6. Dorul harbda yashaydigan musulmonning haj farz ibodat ekanini bilishi. 7. Vujud salomatligi. 8. Yo‘lning xavfsiz (bexatar) bo‘lishi. 9. Safar kamida uch kunlik bo‘lsa, ayollarga mahramining hamroh bo‘lishi. 10. Qamoqqa tushib qolmaslik, oshkora to‘siq yo‘qligi. Sahih ado bo‘lishning shartlari 1. Ihromga kirish. 2. Belgilangan vaqtlar va joylarda amallarni bajarish.

Hajning vaqti ma’lum haj oylaridir. Ular Shavvol, Zulqa’da va Zulhijja oyining dastlabki o‘n kunidir.

Hajning ikki rukni bor. 1. Bir lahza bo‘lsa ham, Arafotda vuquf qilish, turish. 2. Ziyorat tavofini ado etish.

Tavofning uch turi mavjud: 1. Qudum tavofi. Bu makkalik bo‘lishgan hojilar uchun sunnatdir. 2. Ziyorat tavofi. Bu hajning asosiy shartlaridan bo‘lib, Qurbon hayitining uch kuni mobaynida barcha hojilar tomonidan ado qilinishi shart. 3. Sadar. Bu vado tavofi bo‘lib, haj amallari tamomlangach, Ka’badan ayrilayotganida makkalik bo‘lmagan barcha hojilarga vojib tavofdir.

Hajning vojiblari

Hajning yigirmadan oshiq vojiblari bor. Quyidagilar shular jumlasidandir: 1. Miyqotdan boshlab ihromga kirish. 2. Qurbon hayitining birinchi kuni tong otgach, kun yorishgunicha bir lahza bo‘lsa ham, Muzdalifada turish. 3. Safodan boshlab, Marvada bitirish sharti bilan Safo bilan Marva orasida yetti marta sa’y qilish (yugurish). Izoh: Safo bilan Marva Makka shahri ichida joylashgan bo‘lib, orasi taxminan 405 metrcha bo‘lgan ikki tepalikdir. Oralaridagi ushbu masofa bugungi kunda ikki tomoni do‘konlardan iborat ko‘chadir. Rivoyat qilinishicha, Ibrohim, alayhissalom, xotinlari Hojar onamiz bilan o‘g‘shiari Ismoilni, alayhissalom, yegulik va suvsiz bugungi Makka shahri joylashgan vodiyga tashlab, o‘zlari Falastinga qaytadilar. Shundan so‘ng yolg‘izlik va chanqoqlikdan siqilgan Hojar onamiz biror bir kishini yoki suv topish umidida bu ikki tepalik orasida yugurib yetti marta u yoqdan-bu yoqqa borib keladilar. Haj asnosida hojilar tomonidan bajariladigan sa’y ibodati ushbu hodisadan qolgan. 4. Makkalik bo‘lmagan hojilarning vido (xayrlashuv) tavofi qilishlari. 5. Qurbon hayiti va tashriqkunlarida shaytonga tosh otish. 6. Soch oldirish yoki qisqartirish. 7. Tikilgan kiyimlarni kiymaslik yoki bosh va yuzni yopish kabi nojoiz harakatlarni qilmaslik. Qurbonlik qilishni lozim etadigan amallar (hajning) vojiblaridir. 1. Ihromli holda qilinishi taqiqlangan barcha harakatlardan o‘zini chetga olish. 2. Ka’bani tavof qilayotganida junub va betahorat bo‘lmaslik hamda avrat joylarining yopilishi. 3. Baytni har yetti marta aylanganidan so‘ng ikki rakat namoz o‘qish. 4. Har bir tavofni Hatim deb nomlangan joyning (Ka’baning eski poydevori) orqasidan boshlash. 5. Xajarul Asvad qarshisidan boshlab, Baytullohni chap tarafida tutgan holda tavof qilish.

Hajning sunnatlari

Hajning sunnatlari juda ko‘p bo‘lib, asosiylari quyidagilardir: 1. Ihromga kirishdan avval g‘usl qilish. 2. Ihromga kirayotganida ihromning sunnati niyatida ikki rakat namoz o‘qish. 4. Ihromga kirgach talbiyani ko‘p aytish. 5. Makkalik bo‘lmaganlarningtavofi qudum qilishlari. 6. Tavofni ko‘p qilish. Bu tavof makkalik bo‘lmaganlar uchun nafl namozdan afzaldir. 7. Imomning hajdagi ibodat tartiblarini tushuntirish maqsadida Zulhijjaning yettinchi kuni peshindan so‘ngra, Makkada xutba o‘qishi. 8. Tarviya (Zulhijjaning sakkizinchi) kuni quyosh chiqqach, Makkadan Minoga yo‘l olish va o‘sha tun Minoda qolish. Izoh: Mino Makkadan 6,5 km sharqda joylashgan shaharchadir. "Mino " istak, orzu degan ma’noni anglatadi. Allohning amri bilan Ibrohim, alayhissalom, o‘g‘illari Ismoilni, alayhissalom, mana shu yerda qurbonlik qilishga kirishgan edilar. 9. Zulhijjaning to‘qqizinchi kuni quyosh chiqqach, Minodan ayrilib, Arafotga chiqish. 10. Iloji boricha xushu’ bilan va yolvorgan holda, ko‘proq duo-iltijoga g‘ayrat qilish.

Ihrom muayyan (jinsiy yaqinlik, soch va tirnoq olish, xushbo‘ylanish, bosh va yuzni yopish, tikilgan kiyim kiyish, ov qilmaslik va unga undamaslik, daraxt kesmaslik kabi) narsalarni qilmaslikka azm etishdir. Ihromning rukni talbiya aytish (Allohni ulug‘lash), sharti esa niyat qilishdir.

(Ihromsiz o‘tish mumkin bo‘lmagan joylar) Haj amallari ado etiladigan ma’lum bir vaqtlar bo‘lganidek, uni ado etish uchun yo‘lga chiqqanida ihromsiz o‘tib bo‘lmaydigan joylar ham bor. Haj va umra qilmoqchi bo‘lganlarning bu joylardan ihromsiz o‘tishlari joiz emas. Bu joylar esa quyidagilardir: 1. Madinaliklar va u yerdan kelganlar uchun Zulhulayfa. 2. Iroqliklar va u yerdan kelganlar uchun Zotu Irq. 3. Misrliklar, shomliklar va bu yo‘ldan kelganlar uchun Juhfa. 4. Najdliklar va Najd orqali kelganlar uchun Kornul Manozul. 5. Yamanliklar va Yaman orqali kelganlar uchun Yalamlam ihromga kiriladigan joylardir. Bu joylar miyqot deyiladi. Ushbu miyqot joylariga kelmasdan avval hojilar ihromga kirishlari va hajda taqiqlangan amallarni qilishdan saqlanishlari joiz. Makkaga kirishni xohlagan, makkalik bo‘lmagan hojilarning miyqot joylaridan ihromga kirmasdan o‘tishlari joiz emas. Makkaliklarning ihromga kiradigan joyi Hilldir. Harami Sharifda o‘tirgan kishining haj uchun ihromga kiradigan joyi Harami-Sharif, umra uchun esa, Hilldir.

HAJNI ADO ETISH TARTIBI

Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi quyidagi amallarni bajarishi kerak

1. Miyqotda yo undan oldin ihromga kirish. 2. Ihromga kirishdan oldin tirnoqlarni, ortiqcha junlarni olish. 3. Mo‘ylablarni qisqartirish. 4. G’usl yoki tahorat qilish. 5. Yangi yoki yuvilgan izor va rido kiyish, ular oq va yangi bo‘lgani afzaldir. 6. Agar bor bo‘lsa xushbo‘ylik sepish. 7. Ikki rakat namoz o‘qish (bu amallar mustahab). 8. Namozdan so‘ng "Allohumma inniy uriydul hajji fayassirhu li va taqobbal minni" deb duo qilish. Ma’nosi: "Allohim, men haj qilmoqchiman, uni menga oson qil va mendan uni qabul et ". 9. Ikki rakat namozdan so‘ng hajni niyat qilib talbiya, ya’ni "Labbayka" aytadi. Talbiyaga boshqa kalimalarni ham qo‘shib aytish joizdir. Niyat qilib talbiya aytgach, ihromga kirgan hisoblanadi. 10. Talbiyadan so‘ng Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, salavot aytish. 11. Shundan so‘ng yaxshi duo qilish mustahabdir.

Hajda man qilingan amallar

Ihromga kirgach, ayoli bilan jinsiy yaqinlik qilishdan, yomon so‘z aytishdan, gunoh qilishdan, tortishishdan, quruqlikdagi hayvonni ovlashdan, yo ovchiga uni ko‘rsatishdan, tikilgan libos kiyishdan, salla o‘rashdan, oyoqqa mahsi kiyishdan, bosh va yuzni berkitishdan, atir sepishdan, soch va soqol oldirishdan, tirnoq olishdan saqlanish lozim. Ihrom kiygan holda g‘usl qilish, hammomga kirish, kajava va chodirga kirib salqinlanish, belga kamar va shunga o‘xshash narsalarni taqish joizdir. Har namozdan so‘ng, pastdan yuqoriga chiqayotganida, yoki vodiyga tushayotganida, hojilar guruhiga duch kelganida hamda sahar vaqtida erkaklar ovozini chiqarib talbiya aytishadi.

Makkaga kirishda qilinadigan amallar

1. Hoji Makkaga kelgach, xushu’ bilan, talbiya aytgan holda Masjidul Haramga kiradi. 2. Ka’bani ko‘rgach, uch bor takbir va tahlil aytadi. 3-4. Avval takbir va tahlil aytgan holda, Hajarul Asvadga yuzlanib, namozdagi kabi qo‘llarini ko‘taradi va qo‘llarini tushirib ikki qo‘lini toshning ustiga qo‘yib, qo‘llari orasidan toshni o‘padi, buning iloji bo‘lmasa, goshga biror narsani tekkizib, uni o‘padi, buning ham iloji bo‘lmasa, ikki qo‘l kaftlarini ko‘tarib u tomonga qaratib, takbir, tahlil, hamd va salavot aytadi, so‘ng kaftlarini o‘padi. 5. So‘ngra agar hoji makkalik bo‘lmasa, Hatim (Ka’ba yonidagi yarim doira shakldagi devor) orqasidan Ka’ba atrofida o‘ng yelkasini ochgan holda, ridoni o‘ng qo‘ltig‘idan o‘tkazib, uchini chap yelkasiga tashlab, yetta marta qudum tavofini qiladi. 6. Ushbu yetti davralik tavofning ilk uchtasida hoji yelkalarini harakat qildirgan holda tez-tez yuradi (raml). 7. Qolgan to‘rt tavofda esa viqor bilan sekin-asta yuradi. 8. Har gal Hajarul Asvad yonidan o‘tayottanida 3-4-bandida bayon etilgan amallarni qiladi. Har tavofda ruknul Yamaniyni imkoni bo‘lsa, ikki qo‘l kafti bilan siypaydi. Imkon topolmasa, qoldiradi. 9. Tavofni 3-4-bandda bayon etilgan amallarni qilish bilan tamomlaydi. 10. Tavofni tamomlagach, hazrat Ibrohim, alayhissalom, maqomiga, buning iloji bo‘lmasa, masjidning xohlagan joyida ikki rakat namoz o‘qiydi, so‘ng Baytullohning Hajarul Asvad va eshik oralig‘iga borib, ikki qo‘lini qo‘yib o‘ng yuzini bosadi va zamzam suvidan ichadi. 11. So‘ng Safo va Marva oralig‘ida sa’y qilishni istasa 3-4-bandda aytilgan amallarni qayta bajaradi va Safoga ko‘tariladi. Uning ustida Baytullohga qarab uch bor takbir va tahlil, Payg‘ambarimizga salavot aytadi va qo‘llarini ko‘tarib istagancha duo qiladi. So‘ng Marva tomon yuradi. Io‘lning pastki yashil chirog‘i oralig‘ida tez yuradi. Marvaga chiqib, Safoda qilgan amallarini takrorlaydi. 12. Shu tariqa yetti marta yuradi, Safodan boshlab Marvada bitiradi. 13. So‘ngra esa ihrom kiygan holda Makkada qoladi va xohlaganicha Ka’bani raml qilmay nafl tavof qiladi. Keyin Zulhijjaning sakkizinchi kuni tongda Makkadan Minoga yo‘l oladi va Arafa kuni bomdod namozini o‘qiguncha Minoda turadi. 14. Zulhijjaning to‘qqizinchi kuni Minoda bomdod namozini o‘qigach, Arafotga chiqadi va Rahmat tog‘iga yaqin joyda zavol (peshin) vaqtidan hayit kuni tong otgunicha bo‘lgan vaqt ichida bir lahza bo‘lsa ham vuquf qiladi. Quyosh zavolidan so‘ng imom juma namozining xutbasi kabi ikkita xutba o‘qiydi. Xutbadan so‘ng bir azon, ikki takbir bilan peshin va asr namozlarini bir vaqtda o‘qiydi. Peshinning ikki rakat sunnati o‘qilmaydi. Kuyosh botgach, barcha hojilar Muzdalifaga borishadi va shom va xufton namozlarini bir azon va takbir bilan o‘qiydilar va o‘sha yerda-tunni o‘tkazadilar. 15. Zulhijjaning o‘ninchi kuni (Qurbon hayiti kuni) bomdod namozini erta vaqtda o‘qigach, Muzdalifada bir lahza bo‘lsa ham vuquf qilib, takbir, tahlil va Payg‘ambarimizga salavot aytadi va duo qiladi. Tong juda yorishgach, Minoga yo‘l oladi va jamratul aqabaga yetti dona toshchalarni bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan tutib, takbir aytgan holda bir-bir otadi. Birinchi toshchani otishi bilan talbiya aytishni to‘xtatadi. Bundan so‘ng, mufrid xohlasa, qurbonlik so‘yadi va sochlarini qisqartiradi yoki to‘liqoladi. Sochlarni to‘liq oldirish afzaldir. Yuqorida sanab o‘tilgan amallarni bajargach, ayoli bilan jinsiy aloqadan tashqari, ihromda taqiqlangan barcha harakatlar halol bo‘ladi. 16. So‘ng hoji shu kuni yoki ertasiga yoxud uchinchi kuni Makkaga borib, Baytullohni yetti marta tavofi ziyorat qiladi. Ammo Safo va Marva o‘rtasida sa’y qilmaydi. Ziyorat tavofini Qurbon hayitining uchinchi kunidan keyinga qoldirish tahriman makruhdir. Ziyorat tavofining tamomi yoki aksariyat qismi bajarilgach, sochini qisqartgan yo oldirgan bo‘lsa, ayoliga yaqinlashish ham mumkin bo‘ladi. 17. Ziyorat tavofidan so‘ng Minoga qaytadi va tunni o‘sha joyda o‘tkazadi. 18. Zulhijjaning o‘n birinchi kuni zavol (peshin) vaqtidan so‘ng, dastlab Xeyf masjidi yonidagi tosh otish joyidan (jamratus-sug‘ro) boshlab navbati bilan o‘rta (jamratul-vusto) va (jamratul-aqoba)ga yetti donadan mayda tosh otadi. Har bir toshni "Bismillahi, Allohu akbar" deb otadi. Birinchi va o‘rtadagi tosh otish joylarida tosh otib bo‘lgach, takbir, tahlil va salovot aytab bir soat miqdoricha turadi, tosh otib bo‘lgach, duo qiladi. 19. Zulhijjaning 12-kuni ham 11-kun amallarini aynan takrorlaydi. Shunday qilib, haj ibodati yakunlanadi. 20. Ertasiga Makkaga qaytishda, Muhassab degan joyda qisqa muddatga bo‘lsa ham, qo‘nib o‘tadi. Makkaga borgach, yetti bor Vido tavofi qiladi. Ushbu tavof makkalik bo‘lmaganlar uchun vojibdir. 21. So‘ngra Zamzam bulog‘iga kelib, qonib ichadi. 22. So‘ngra Ka’ba ostonasiga kelib, eshigini o‘padi. 23. So‘ng eshik bilan Hajarul Asvad orasidagi "Multazam" deb nomlangan joyga kelib, ko‘kragini va o‘ng yuzini Ka’baga suradi, Ka’bapo‘shni ushlagan holda duo qilib, yig‘laydi. Nihoyat, Baytullohdan yuz o‘girmagan holda, orti bilan yurib Harami Sharifdan chiqadi. 24. Ayollar ham xuddi erkaklardek haj qiladilar. Ammo ayollar boshlarini ochmasdan, faqattina yuzlarini ochadilar, talbiyada ovozlarini chiqarmaydilar. Tavofda yelkalarini qimirlatib, tez yurmaydilar va Safo va Marva orasida ham ohista yuradilar. Sochlarini oldirmaydilar, faqat biroz qisqartiradilar. Ihromda ham tikilgan kiyimlarni kiyishlari mumkin. 25. Ayollar tiqilinch bo‘lganida Hajarul Asvadga yaqinlashmaydilar. Uzoqdan ishora bilan salomlaydilar. Ayol ihromga kirayotganida hayzli bo‘lsa, namoz o‘qish emas, balki ihrom kiyish uchun yuvinadi va so‘ng ihrom kiyadi. Faqat bunday holatda ayollar hajning barcha amallarini bajarsa-da, Ka’bani tavof qilmaydilar. 26. Agar ayol Arafotda vuquf qilib va ziyorat tavofini bajargach, hayz ko‘rsa, uning haj arkonlari tamomlangan hisoblanadi va uyiga qaytadi, vido tavofi qilolmagani uchun unga hech narsa lozim bo‘lmaydi.

"Umra" so‘zining lug‘aviy ma’nosi ziyorat qilish demakdir. Shar’iy istilohda esa, Harami Sharifni belgilangan tartibda ziyorat qilish degan ma’noni anglatadi. Umra sunnati muakkadadir.

Umraning vaqti va miyqotlari

Xuddi hajda bo‘lganidek, umraning ham ma’lum miyqoti mavjud. Umrani yil davomida bajarish mumkin. Arafa kuni, Qurbon hayitining birinchi kuni va tashriq (Zulhijjaning 11-, 12-, 13-) kunlaridan tashqari, yilning boshqa kunlarida umra uchun ihromga kirish karohatsiz sahihdir. Bu sanab o‘tilgan kunlarda umra uchun ihromga kirish tahriman makruhdir. Hajning miyqotlari umraning ham miyqotlaridir. Faqat Makkada istiqomat qilayotganlar bundan mustasno,chunki ularning miyqoti Hilldir.

Baytullohning atrofida yetti marta yoki undan ko‘proq tavof qilishdir. Umraning sharti ihromdir.

Safo bilan Marva orasida sa’y qilish, soch oldirish yoki qisqartirish.

Bajarish tartibi

Haj bo‘limida bayon qilingan tarzda yuvinib, poklanib, ikki rakat namoz o‘qigach, talbiya aytadi. So‘ng "Allohumma inniy urqaul umrata fa yassirha liy va taqobbalha minniy" deb niyat qilish lozim. Ma’nosi: "Allohim, umra ibodatini ado qilmoqchiman, meni bunga muvaffaq qilgin va bu ibodatni dargohingda qabul ayla ". Shunda umra uchun ihromga kirgan hisoblanadi. Ihromga kirgach, Baytullohni yetti marta tavof qiladi Safo va Marva orasida sa’y qiladi. Shundan so‘ng soch oldiradi yoki qisqartiradi. Shu bilan kishi umrani tamomlagan hisoblanadi. Kichik haj hisoblangan umra faqat quyidagi xususlarda hajdan farq qiladi. 1) Haj farz amal bo‘lsa, umra sunnati muakkadadir. 2) Umra uchun ma’lum vaqt belgilanmagan. 3) Umrada Arafotda vuquf qilinmaydi. 4) Umrada Muzdalifada turish yo‘q. 5) Umrada shaytonga tosh otish yo‘q 6) Umrada ikki vaqt namozini jam’ qilish yo‘q 7) Umrada qudum (tashrif) tavofi qilinmaydi. 8) Umrada vido tavofi ham yo‘q.

"Qiron" so‘zi lug‘atda ikki narsani birlashtirish degan ma’noni anglatadi. Shariat istilohida esa, haqiqatan yoki hukman bir ihrom bilan haj va umrani birgalikda ado qilish ma’nosini bildiradi. Kishi ikki rakat ihrom uchun o‘qigan (nafl) namozidan so‘ng haj va umraga birdaniga niyat qilsa, uning haji qiron bo‘ladi.

Qiron haji ifrod va tamattu’ hajlaridan ham fazilatliroqdir.

Qiron hajining shartlari

Qiron hajining yettita sharti bor: 1. Umra tavofining barchasini yoki aksar qismini ado qilmasdan avval haj ihromiga kirish. 2. Dastlab umra ihromiga kirgan (kishining) uni buzmasdan haj uchun ihromga kirishi. 3. Haj uchun Arafotda vuquf qilmasdan avval umra tavofining barchasini yoki aksariyatini qilgan bo‘lishi. 4. Umra tavofining barchasini yoki aksariyatini haj mavsumida qilish. 5. Umra va hajni buzishdan saqlanish. 6. Qiron haji qiladigan kishining makkalik bo‘lmasligi. Makkada istiqomat qilayotgan kishi qiron haji qilmoqchi bo‘lsa, haj mavsumidan avval boshqa joyga kelishi va o‘sha yerdan hajga kelishi lozim. 7. Hajning vaqtini o‘tkazib yubormaslik. Ado qilish shakli

Qiron haj qiladigan kishi Makkaga kirgach, hajni avval umra tavofidan boshlaydi. Avvalgi uch tavof yelkalarini qimirlatgan holda, tez-tez yurib yetti davra tavof qiladi. So‘ng ikki rakat tavof namozi o‘qiydi. So‘ngra Safo eilan Marva orasida yetti marta sa’y qiladi. Sochlarini oldirmaydi va qisqartirmaydi. Shu bilan umra nihoyasiga gtadi. Bundan so‘ng ayni ihrom bilan haj ibodatini boshlaydi va qudum tavofini ado etib, Safo bilan Marva orasida sa’y qiladi. Hajning qolgan amallarini bayon qilib o‘tilgan tarzda bajaradi.

Allohga shukr

Qiron haj qilayotgan kishi hayitning birinchi kuni jamratul aqaba (shaytonga tosh otish joyi)da tosh otgach, oir safarda ikki ibodatni (haj va umra)ni ado etishga muvaffaq qilgani uchun Alloh taologa shukrona niyatida oitta qo‘y yoki katta hayvonni bir o‘zi yoxud yetti kishi birgalashib so‘yadi va go‘shtdan yeydi, undan faqirlarga sadaqa qilishi mustahabdir. Agar bunga ojiz bo‘lsa, uch kun qurbon hayitidan avval va haj amallari tugagach, yetti kun ro‘za gutib beradi. Hammasi bo‘lib 10 kun ro‘za tutadi. Ro‘zani orada ba’zi kunlarni o‘tkazib tutishi ham joizdir. Tamattu’ haji

"Tamattu’" so‘zi lug‘atda foydalanish ma’nosidadir. Sha-riat istilohida haj oylarida umra uchun ihromga kirish va uni ado etgach, haj uchun yana qayta ihromga kirish ma’-nosini beradi.

Hukmi va sahih bo‘lish shartlari

Savobi bo‘yicha umradan ustun, faqat Qiron hajidan keyingi o‘rindadir. 1. Umra tavofini to‘liq (yoki ko‘proq qismini) haj oylarida qilish. 2. Umra ihromiga haj ihromidan oldin kirish. 3. Umradan so‘ng qilinadigan haj ibodatini buzmaslik. 4. Umrani ado qilgach, vataniga borib kelmaslik. 5. Umra va hajni bir yilda ado qilish. 6. Makkalik va u yerda yashovchilardan bo‘lmaslik. 7. Agar haj oylaridan oldin umrani ado etib, Makkada qolgan bo‘lsa, haj oylari kirgach, umrani qayta bajarish lozim.

Tamattu’ hajining qoidalari

Dastlab umra uchun miyqotda ihromga kiradi va ikki rakat namozdan keyin "Allohumma inni uridul ‘umrata fayassirha liy va taqobbalha minni" (ma’nosi: Allohim men umra qilmoqchiman. Uni menga oson qil va qabul ailagin), deb niyat qiladi va talbiya aytadi. Makkaga borganida umra uchun Ka’bani tavof qiladi, Safo va Marva orasida sa’y qiladi, soch oldiradi yoki qisqartiradi. Shundan so‘ng umra ihromidan chiqadi. Zulhijjaning sakkizinchi (tarviya) kuni Harami Sharifda haj uchun ihromga kiradi va haj amallarini aytib o‘tilgan tartibda ado qiladi.

Hoji Qurbon hayiti kuni shaytonga tosh otganidan so‘ng, ikki ibodatni (haj va umra)ni bajarishga muvaffaq qilgani uchun Allohga shukr niyati bilan bitta qo‘y yoki katta bosh hayvon yoxud katta bosh hayvonning yettidan bir qismini so‘yadi. Undan o‘zi yeydi va faqirlarga tarqatadi. Bunga qurbi yetmasa, hayitdan oldin uch kun va haj amallaridan so‘ng yetti kun, jami o‘n kun ro‘za tutadi. Makkaliklar, Makka va miyqot orasidagi hududda yashov-chi kishilar Qiron, Tamattu’ haj qilmaydilar.

Jinoyatlar (Hajda qilinishi taqiqlangan amallar)

Jinoyatlar: a) ihrom talabini bajarmaganlik; b) Harami Sharif hurmatini toptash sababli sodir bo‘ladi. 1. Agar farz tavofni tahoratsiz bajarsa, bitta qo‘y, junub holda bajarsa, bitta tuya so‘yishi vojib. 2. Vojib sunnat yo tavoflarni tahoratsiz qilsa, bitta fitr sadaqasi miqdorida sadaqa berishi, junub holda qilsa, bir qo‘y so‘yishi kerak bo‘ladi. 3. Ayol hayz yo nifos qoni to‘xtamay vojib va sunnat tavoflarni bajarsa, bir qo‘y, farz bo‘lgan tavofni bajarsa bir tuya so‘yadi. 4. Hayzda, nifosda yoki junub bo‘lib tavof qilgach, poklanib, g‘usl qilib, qaytadan tavof qilsa, lozim bo‘lgan jazo avf etiladi. Tavofni istisno qilgan holda, hajning butun farz, vojib va sunnat amallarini junub, hayz va nifosli holda bajarish mumkin.

1. Qurbonlikni vojib qiladigan jinoyatlar. 2. Fitr sadaqasini berishni vojib qiladigan jinoyatlar. 3. Fitr sadaqasidan ham ozroq miqdorda jazo beriladigan jinoyatlar. 4. Berilgan zararning o‘rnini qoplash, qiymatini go‘lashni lozim qiladigan jinoyatlar.

Qurbonlik so‘yishni vojib qiladigan jinoyatlar

Haj asnosida badaniga xushbo‘ylik surish, boshiga xina qo‘yish, zaytun yog‘i yoki har xil yog‘lar bilan sochini yog‘lash, bir kun davomida tikilgan libos kiyish, boshini berkitish, sochning to‘rtdan bir qismini oldirish, bir yerda ikki qo‘li va ikki oyog‘ining tirnoqlarini olish, hajning vojiblaridan birini tark qilish. Fitr sadaqasi miqdoricha sadaqani vojib qiladigap jinoyatlar

Bir a’zoning ozgina qismiga xushbo‘ylik surish, bir kundan ozroq muddat tikilgan kiyim kiyish yoki boshni yopish, sochning to‘rtdan bir qismidan ozrog‘ini oldirish, bitta barmoqning tirnog‘ini olish, qudum yoki vido tavofini tahoratsiz qilish, vido tavofining birini qoldirish yoki shaytonga tosh otishda belgilangan yetti toshchadan birini otmay qoldirish. Kishi bit, burga, chigirtka o‘ldirgani uchun fitr sadaqasidan kim miqdordagi istagan sadaqasini beradi.

Zararning o‘rnini qoplash, qiymatini to‘lashni lozim qiladigan jinoyatlar

Ovlanadigan hayvonni o‘ldirish. Hayvon o‘ldirilgan joyida ishonarli ikki kishi tomonidan qiymati baholanadi. Agar hayvon bitta qurbonlik qiymatiga teng bo‘lsa yo qurbonlik sotib olib so‘yadi yoki qurbonlik qiymatida taom olib, yarim so’dan faqirlarga tarqatadi. Yoki yarim so’ berish o‘rniga bir kundan ro‘za tutadi. Qarg‘a, kalxat, chayon, ilon, quturgan it, toshbaqa kabi ov hayvoni bo‘lmagan hayvonlarni va pashsha kabi barcha hashoratlarni o‘ldirganga jazo yo‘qdir. Qurbonlik (hady)

Hady Harami Sharifda so‘yib, qurbat hosil qilish uchun u yerga in’om qilingan katta yoki kichik boshli qurbonlik hayvonidir. Bu tuya, sigir yoki qo‘y bo‘lishi mumkin. Qurbonlik qilinishi joiz bo‘lgan hayvonlar hady o‘laroq so‘yilishi mumkin. Ko‘r, cho‘loq va shunga o‘xshash aybi bo‘lmasligi shartdir. Ziyorat tavofini junub bo‘lib ado etganlik va Arafotda vuqufdan oldin jinsiy aloqa qilishdan boshqa barcha jinoyat uchun qo‘y so‘yish kifoya qiladi. Bu ikki jinoyat uchun esa sigir yoki tuya qurbonlik qilish vojib bo‘ladi.

Qurbonlikni so‘yish vaqti

Qiron va Tamattu’ hajlari uchun jonliq Qurbon hayitining uch kuni ichida (aqabada) tosh otganidan so‘ng so‘yiladi.

Qurbonlik so‘yiladigan joy

Hadya joyi Harami Sharifdir va qurbon kunlari so‘ymoqchi bo‘lsa, Minoda so‘yish sunnatdir. Boshqa kunlarda Makkada so‘yish afzal. Nazr qilingan tuyani Harami Sharifda so‘yish shart emas. Payg‘ambaryamizni, sollallohu alayhi va sallam, ziyorat qilish Alloh taoloning inoyati bilan hajni ado etgan hoji payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, shaharlari Madinai Munavvaraga borib, muborak qabrlarini iyorat qilishi lozim. Bu ziyorat eng fazilatli mustahab ibodatlardandir. Ba’zi kitoblarda vojib ham deyilgan. Bu yerni ziyorat qilish mo‘min uchun sharaf va ulug‘ baxtdir. Bu yerda hojining qalbi Nabaviy nurlarga to‘lib toshadi. Muhammadiy barakot ning har tarafini qamrab oladi. Ruhi samolarga yuksalib, qalbn gunohlardan pok bo‘ladi va umrining qolgan nsmnda Payg‘ambarimiz shafoatlaridan fayz oladi. Rasuulloh sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: Qabrimni ziyorat qilgan kishiga qiyomat kuni shafoatim ojnb bo‘ladi". Shuningdek, bu xususda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, yana shunday marhamat qilganlar: "Vafotimdan so‘ng meni ziyorat qilgan kishi, hayotlik davrimda ziyorat qilgan kishi kabidir"- Boshqa bir hadisda esa: "Kim Baytullohni haj qilib, meni ziyorat qilmasa, menga jafo qilgan bo‘ladi". deganlari rivoyat qilinadi. Payg‘ambarnmizni ziyorat qilish maqsadida yo‘lga chiqqan hoji ko‘p salavot aytmogi lozim. Madina devorlarini o‘rgach. "Allohumma haza haromu nabiyyika, vaj’alhu viloyatan liy minannar va amonan minal-azobi va suil hison", deb duo qiladi. (Ma’nosi: Parvardigorim! Mana shu sening Rasuling hazrat Muhammadning, solallohu alayhi vasallam, harami, abadiy istirohatgohi, bu yerni men uchun do‘zax otashidan himoya vositasi qilgin, azob va og‘ir hisob berish ozod bo‘lishimga bir sabab qilgin). So‘ngra yuvinib,- xushbo‘ylik sepadi va eng go‘zal, yangi iboslarnni kiyadi. Chunki bu hurmat va ehtiromga eng loyiq kshddir. So‘ng tavoze’, viqor bilan Madinaga kiradi va shzai muborakni ziyorat qiladi. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlari bilan qabrlari orasida ikki rakat namoz o‘qiydi. Chunki u zot, sollallohu alayhi vasallam, "Qabrim va minbarim orasi jannat bog‘laridan bog‘, minbarim esa hovuzimning ustidadir", deganlar. So‘ngra bunday sharafga muvaffaq qilgani uchun Alloh taologa shukr sajdasi: qiladi va xohlagan duosini o‘qiydi. Bundan so‘ng o‘rnidan turib, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, qabrlariga yuzlanadi va qabrning bosh tarafida qiblaga qarab, namozga turgandek, qad rostlaydi va: "Ey Rasululloh, sizga Allohning salomi, marhamati va barakoti bo‘lsin! Assalomu alayka, yo Rasululloh! Assalomu alayka, yo xayri xalqulloh! Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga iqrorman va Allohning sherigi yo‘qdir. Siz Uning bandasi, rasuli va amini ekanligingizga iqrorman. Guvohlik beramanki, siz risolat (Payg‘ambarlik vazifalari)ni batamom yetkazdingiz va omonatni egalarigatopshirdingiz. Ummatingizga nasihat qilib, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdingiz, kufr va jaholatni yo‘q qildingiz. Biz tufayli Alloh Sizga boshqa ummatlari tufayli payg‘ambarlarga bergan mukofotlardan ham ziyoda ajr mukofoglar bersin", deydi. So‘ngra Allohdan ehtiyojlarini so‘raydi. Chunki bu yer duolar ijobat bo‘ladigan, yaxshi talablar ravo ko‘riladigan xayrli maqomdir. Hajni ado etib, Payg‘ambarimizpi, sollallohu alayhi va sallam, ziyorat qilgan kishi qalbi pok, yangi tug‘iltandek barcha gunohlardan forig‘ bo‘lgan holda vataniga qaytadi. Alloh taolo bizlarni ham Baytullohni haj qilishga va Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, ravza va qabrlarini ziyorat qilishga muvaffaq aylasin. Shubhasiz, Alloh mo‘minlarning duolarini ijobat qilguvchi Zotdir. Omin.

Takrorlash uchun savollar 1. Hajni ta’riflang, hukmlarini, hikmatini va farz bo‘lish dalilini aytib bering. 2. Hajning farz bo‘lish sababini, bajarilishi va sahih bo‘lishining shartlarini bayon qiling. 3. Hajning arkonlarini, vojib va sunnatlarining eng muhimlarini sanab, vaqtini aytib bering. 4. Ihromni ta’riflab, nima uchun ihromga kirish lozimligini bayon qiling. Ihromga kirish joylarini ayting. 5. Ihromga kirgach, haj ado etilgunicha qilish lozim bo‘lgan amallarini tartibi bilan aytib bering. 6. Umrani ta’riflang, hukmlarini ayting? Qachon va qaerda umra uchun ihromga kiriladi? Umraning ruknlari, xartlari va vojiblari nimalar? 7. Umraning bajarilish tartibi va hajdan farqli tomonlarini ayting. 8. Qiron hajini ta’riflab, hukmini, shartlarini ado etish tartibini tushuntiring. 9. Tamattu’ hajini ta’riflab, hukmini, shartlarini a bajarish tartibini tushuntiring. Makkaliklar nima chun Qiron va Tamattu’ haj qila olmaydilar? 10. Ihromga kirgan kishining hajga zarar beruvchi harakatlari necha qismga bo‘linadi? Har bir qism haqida ma’umot bering. 11 Haj qurbonligini (hadya) ta’riflang. Hady qachon qaerda so‘yiladi? 12. Payg‘ambarimizni, sollallohu alayhi va sallam, iyorat qilish xususida ma’lumot bering.

QURBONLIK VA NAZR

Ma’lumki, Ibrohim, alayhissalom, o‘zlaridan so‘ng dashganlarni to‘g‘ri yo‘lga chaqirish vazifasini bo‘yniga oladigan o‘g‘il farzand ato qilishini Allohdan yolvorib so‘rardilar. Shu bois o‘g‘il ko‘rsalar, o‘zi sevgan, eng qimmatli narsani Alloh yo‘lida qurbon keltirishni nazr qilgan edilar. Intizor kutilgan yillar so‘ngida Ismoil, alayhissalom, dunyoga keldilar va oradan ko‘p o‘tmay, otalarining Allohdan keyin eng sevikli va qiymatli kishisiga aylandi. Bu xursandchilik kunlarida Ibrohim, alayhissalom, va’dalarining ustidan chiqish uchun juda ko‘p qo‘y va uyalarni qurbon qilsalar ham, tushlarida har safar ushbu shdoni eshitib uyg‘onardilar: — Ey Ibrohim, so‘zingning ustidan chiqmayapsan, eng suyukli narsangni qurbon qilishing kerak edi. Shunda u zot farzandlari Ismoilni, alayhissalom, qurbon qilishi kerakligini fahmladilar. Hazrat Ismoil alayhissalom, ham masalaning mohiyatini yaxshi angladilar, rozi bo‘ldilar. Ibrohim, alayhissalom, o‘g‘lini olib, ham qayg‘uli, ham Allohning amriga taslimiyat bilan o‘g‘illarini qurbonlik qilish uchun Minoga bordilar. Hazrat Ismoil, alayhissalom, ham dadasiga, ham Robbiga itoatkor edi. Hech qanday to‘sqinlik qilmay, osuda ko‘ngil bilan, otalarining jasoratini oshiruvchi so‘zlar aytib, yo‘lga chiqdilar. Hazrat Ibrohim, alayhissalom, endigina pichoqni o‘g‘lining bo‘g‘ziga tiragan chog‘ida, farishtalar sultoni Jabroil, alayhissalom, bir qo‘chqorni ko‘tarib yerga tushdilar. Allohning buyrug‘i bajarildi. Amrdan murod Ismoilni, alayhissalom, bo‘g‘izlash emas, balki Allohga itoatkor banda ekanini sinash-ko‘rsatish edi. Ibrohimning, alayhissalom, bu qahramonligini doimo yodda tutish va nafs ziqnaligini qalbdan o‘chirib, Alloh uchun eng qimmatli dunyo molidan voz kecha olishlari uchun mo‘minlarga, qurbonlik qilish buyurilgan. Qurbonlik qilgan mo’minning oilasiga bir ziyofat kabi Allohning lutfi ehsoni yog‘iladi. Qurbonlik ibodatning bolalarni juda kichik yoshdan dinsevar ruhda tarbiya qilish, faqir xonadonlarga go‘sht ulashib, ularni xursand qilish, musulmonlar orasida o‘zaro yordam ruhi kuchayishi kabi ijtimoiy foydalari ham bor.

Qurbonlikka oid hukmlar

Qurbonlik qilish Imomi A’zam va Imem Muhammadga ko‘ra, vojib, Imom Abu Yusufga ko‘ra, sunnatdir. Muqim, hojati asliyadan ortiqcha mollarining qiymati zakot nisobiga yetgan kishi o‘z hisobidan qurbonlik so‘yadi. Xotini, bola-chaqasi uchun qurbonlik qilishga majbur emas. Ularning mulklari bo‘lsa, o‘zlari alohida qurbonlik qiladilar. Biroq boy ota balog‘atga yetmagan farzandlari nomidan qurbonlik qilishi kerak degan olimlar ham bor. Qurbonlik uchun qo‘y, sigir, tuya kabi hayvonlar so‘yilishi mumkin. Yetti kishi birgalikda katta bosh hayvon so‘yishlari ham mumkin. Ularning bari musulmon va boy, qurbonlik qilish niyatida bir joyga to‘plangan bo‘lishlari kerak. Ulardan biri kofir yoki uyiga go‘sht olib borish uchun sheriklik qilgan bo‘lsa, bu yetti kishining qurbonligi joiz emas. Bu yetti kishi teng sherik bo‘lishlari shart. Oralaridan hatto bir kishining hissasi yettidan bir Bundan kam bo‘lsa, qurbonlik joiz emas. Ikki yoki uch kishi yeriklikda qurbonlik qilishlari ham mumkin. Qurbon hayitining birinchi kuni hayit namozidan so‘ng shitning uchinchi kuni shomgacha qurbonlik qilish mumkin. Kishiga qurbonlik qilish vojib yo vojib emasligi ging ayni o‘sha paytdagi ahvoliga ko‘ra ma’lum bo‘ladi. Masalan, hayitning uchinchi kuni quyosh botay deganida boy bo’lib, qurbonlik qilishga qodir kishi darrov qurbonlik qilishi lozim. Xuddi shu paytda mol-mulkidan ajralib zlgan kishi, hayitning ilk kunlarida bu ishga qodir qilgan bo‘lsa ham, unga jonliq so‘yish vojib emas. Belgilangan muddatda qurbonlik qilolmasdan, vaqtini o‘tkazib borgan kishi qurbonlik hayvoni yo uning qiymatini kambag‘al kimsaga sadaqa qilib, qarzidan qutuladi. Olti oylik qo‘zi, besh yashar tuya, ikki yillik mol (sigir), tug‘ilishda shoxsiz bo‘lgan katta-kichik hayvonlarni qurbonlik qilish mumkin. Bir yoki ikki ko‘zi ko‘r, tik turolmaydigan darajada kuchsiz, so‘yiladigan joygacha yurib yurolmaydigan darajada nimjon hayvonlar qurbonlik qilinmaydi. Chunki Alloh taolo oyati karimada: "Molingizning sizlarga eng qimmatlisidan Alloh uchun fido qilmaguningizcha, ehson qilguvchilardan bo‘la olmaysiz" (mazmuni) deb amr etgan. Qurbonlik go‘shtining bir qismini o‘zi oilasi bilan :a, uchdan bir qismidan kam bo‘lmaganini kambag‘allarga, bir qismi esa boy qo‘shnilarga ham tarqatiladi. Oilada shchilik bo‘lsa, qo‘shnilarga tarqatmay, go‘shtini to‘liq 1 oy ichida ishlatishi ham mumkin. Qurbonlik so‘yuvchi hayvon terisini vaqf muassasalariga berishi mumkin yoki o‘z ehtiyoji uchun ishlatishi mumkin. Jonliqni egasi so‘yishi juda fazilatlidir, buni eplay olmasa, o‘riiga vakil qo‘yadi. Faqat musulmon bo‘lmagan kishiga so‘ydirmaydi. Qurbonlikni "Bismillahi Allohhu akbar (Ulug‘ Alloh nomi bilan)" deb Allohning ismini zikr qilib so‘yadi. "Shu maqsadim amalga oshsa, shu xil hayvonni qurbonlik qilaman", deb va’da qilish nazr deyiladi. Berilgan va’dani bajarish vojibdir. Nazr yo shu ishim hal bo’lsa, falon payt shu xil jonliq so‘yaman" kabi ma’lum bir payti aniq yoki "shu ishim amalga oshsa, shunaqa jonliq so‘yaman" kabi payti noaniq bo‘lishi mumkin. Vaqti ma’lum nazrning vaqti kelsa, bajarilishi kerak. Vaqgi noma’lum bo‘lgan nazrlar sabab bo‘lgan ishlar amalga oshganida qilinishi kerak. Nazr qilinadigan hayvon qurbonlikka joiz bo‘lgan hayvonlardan bo‘lishi lozim. Bunga ko‘ra, nogiron hayvon va tovuq, xo‘roz kabi qurbonlik qilinmaydigan hayvonlar nazr qilinmaydi. Nazr qilingan go‘shtdan nazr qiluvchi ham, oila a’zolari ham yemasligi kerak. Zakot berish joiz bo‘lmagan kishilarga (yaqin qarindoshlar: ota-ona, farzand) berish mumkin. Go‘shtidan albatta kambag‘allarga tarqatish kerak.

"Nurul izoh"dan

Asosiy mavzular

  • Qur’oni karim
  • Hadisi sharif
  • Aqida ilmlari
  • Muborak Oy tuhfasi
  • Namoz taqvimi (1445-hijriy | 2023/2024)

Sayt rivojiga hissa

haj safari necha kun

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

Ko‘p o‘qilgan

  • Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
  • Peshin, asr, shom, xufton namozlari
  • Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
  • Salovotlar. Istig'for duolari
  • Najotkor duolar
  • 6 diniy kalima
  • Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
  • Namozdan keyingi zikrlar
  • G‘usl, tayammum
  • Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
  • Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
  • Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
  • Hayit va jum'a namozlari
  • Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
  • Namoz haqida oyat va hadislar

So'nggi maqolalar

  • Mujohid ibn Jabr
  • Abu Usayd Molik ibn Robia
  • Xotib ibn Abu Balto
  • Abon ibn Said
  • Budayl ibn Varqo
  • Abu Sa’laba Xushaniy
  • Abu Umoma Bohiliy
  • Abu Mahzura Jumahiy
  • Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
  • Rofeʼ ibn Xudayj
  • Zaydul Xoyr
  • Ummu Kulsum binti Uqba
  • Qays Ibn Sa’d
  • Navfal ibn Horis
  • Solim ibn Ubayd
  • Ka’b ibn Zuhayr
  • Mehron ibn Mofina
  • Hanzala ibn Abu Omir
  • Abdulloh ibn Muborak
  • Qutayba ibn Muslim
  • Mo‘minlar onalari

Ma'lumotnoma

top

haj safari necha kun

  • Halol Turizm
  • Aviachiptalar
  • Temir yo'l chiptalari
  • Umra vizasini olish tartibi
  • Transfer xizmati
  • Tibbiy sug'urta
  • Kompaniya haqida

Turkish

umumiy ma'lumot

Saudia Arabistoni (Haj va Umra)

FEVRAL OYIDA - 15 KUNLIK 

11 - Fevral 2024-yil 15 860 000 SO'M

UMRA ZIYORATI

19-Fevral 2024-yil 16 470 000 SO'M

UMRA ZIYORATI

30-Fevral 2024-yil 22 570 000 SO'M

Volidamiz bilan Umra safariga borishlik barchamizga nasib qilsin!

"Halal Tour" savdo belgisi "Avia Go" MChJ ga tegishli bo'lib COPYRIGHT © Halal tour 2007-2023. Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko'rsatilishi shart.

  • Sohani biriktirish
  • Kirish Ro'yxatdan o'tish
  • O'Z O'zbek
  • Push-ogohlantirishlarga obuna bo'lish Push-ogohlantirishlarga obunani bekor qilish
  • 23:23 28 apr 2024 Arxiv
  • USD 12640.21 EUR 13559.15 12561.87, 12597.07, 12620.09, 12645.00, 12680.07, 12675.88, 12654.57, 12697.00, 12711.00, 12640.21 -70.79 (-0.56%) RUB 137.02 GBP 15817.96 13613.30, 13627.51, 13599.41, 13638.90, 13769.29, 13725.44, 13483.44, 13547.70, 13538.49, 13559.15 +20.66 (0.15%) CNY 1744.13 JPY 81.22
  • Iqtisodiyot
  • Sug'urta
  • Texnologiyalar
  • Fotoreportajlar
  • Video materiallar
  • Facebook (TV)
  • Odnoklassniki
  • iOS uchun ilova
  • Android uchun ilova

Ijtimoiy tarmoqlar orqali avtorizatsiyadan o'tish

haj safari necha kun

Yo'q, rahmat Davom ettirish

haj safari necha kun

Musulmonlar idorasi haj safari narxi oshganiga izoh berdi

  • 10:50, 06 iyun 2022 yil
  • 0 1 914 8 0
  • 10:50, 06/06/22

Musulmonlar idorasi haj safari narxi oshganiga izoh berdi

Joriy yilda O‘zbekistonda bir nafar ziyoratchiga “Haj-2022” mavsumi uchun to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilandi va bunga aholi noroziliklar bildirmoqda. Holat yuzasidan O‘zbekiston musulmonlar idorasi munosabat bildirib, ushbu to‘lovga nimalar kirishi haqida ma'lumot berdi .

Qayd etilishicha, Saudiya hukumati tomonidan Haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilingan, shuningdek kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgan.

Qolaversa, Haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga 2022 yilda yangi majburiy to‘lovlar joriy etilgan. Shu bois dunyo mamlakatlari uchun Haj xizmatlari narxi o‘rtacha 40-45 foizga ko‘tarilgan.

O‘zbekiston tomoni Saudiya bilan olib borilgan uzoq muzokaralar natijasida ziyoratchilarimiz uchun iqtisodiy paket narxiga lyuks darajasidagi xizmat ko‘rsatishga erishdi va to‘lov uchun o‘rta narxni belgiladi. Eslatib o‘tamiz, ayrim davlatlarda eng qimmat paketlar narxi 25 ming AQSH dollarigacha etib belgilangan.

Ma'lum qilinishicha, yurtdoshlarimiz joriy mavsumda birinchi marta Madina shahrida “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonalarida istiqomat qiladilar. Makka shahrida esa “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida yashaydilar.

Ushbu mehmonxonalar yuqori sig‘imli ekani, muqaddas qadamjolarga yaqinligi bilan alohida ajralib turadi. Masalan, Makka shahridagi “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi barcha hojilarimizni bir vaqtda joylashtirish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, O‘zbekiston ziyoratchilarining safar davomiyligi ayrim qo‘shni davlatlar ziyoratchilari singari 14-17-20 kun emas, balki 26 kunni tashkil etadi. Bu ham narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, joriy haj mavsumida Saudiya hukumatining qaroriga asosan, barcha to‘lovlar shirkatlar orqali emas, balki Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligining “Haj elektron portali” orqali belgilangan tartibda amalga oshirilgan. Ushbu portalda har bir davlat uchun alohida hisob raqami mavjud bo‘lib, barcha xizmatlar: mehmonxona, transport, mashoir va hokazolar uchun shu yerning o‘zida inson omilisiz shaffof holda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, joriy mavsumda mashoir (Mino, Arafot, Muzdalifa) xizmatlari ham sezilarli darajada ko‘tarildi. Shunday bo‘lsada, iqtisodiy paket olindi va oldinlari taqdim etilmagan xizmatlar ko‘rsatishga erishilgan.

"Jumladan, avvallari ziyoratchilar Mino vodiysida gilamda yotgan bo‘lsalar, bu yil har bir hoji uchun maxsus yoyma to‘shaklar (matraslar) ajratiladi. Shuningdek, boshqa davlatlarda 3 mahal issiq ovqat berilmasada, yurtimiz ziyoratchilari uchun Mino va Arafotda ham 3 mahal issiq ovqat beriladi. Qolaversa, 24 soat davomida bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi”, deyiladi xabarda.

Haj uchun to‘langan mablag‘ ichiga quyidagilar kiradi:

•  Haj vizasi; •  Aviabilet; •  Shaharlararo (Madina-Makka-Jidda) transport xizmati; •  Madina shahrida “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonasi; •  Madina shahrida Uhud tog‘i, Qubo va ikki qiblali masjidlarga ziyorat; •  Makka shahrida “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi; •  Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylaridagi barcha xizmatlar; •  24 soat tibbiy xizmat; •  Hojilarning tibbiy sug‘urtasi; •  24 soat transport xizmati; •  3 mahal isiq ovqat: nonushta, tushlik va kechki ovqat; •  Haj qo‘llanmasi; •  Davlat ramzlari tushirilgan nimcha va sumka; •  “Zamzam” suvi (5 litr); •  Respublikaning 7 ta hududidan kuzatish va kutib olish; •  Madinai munavvaraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys; •  Qurbonlik.

“Yuqoridagilardan ham anglagan bo‘lsangiz, bu yil ziyoratchilarimizga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan. Buning uchun barcha kuch va imkoniyat safarbar etilgan.

Maqsad aniq – yurtdoshlarimizning haj amallarini ishonchli va xavfsiz tashkil etish hamda ibodatlari mukammal bo‘lishini ta’minlash”, deyiladi idora xabarida.

X factor uzbekistan

Videomateriallar

Nigeriyalik Filipp Solomon bitta oyoqda arqonda 30 soniyada 153 marta sakrab jahon rekordini o'rnatdi (Video)

Nigeriyalik Filipp Solomon bitta oyoqda arqonda 30 soniyada 153 marta sakrab jahon rekordini o'rnatdi (Video)

Abu-Dabida noyob dengiz parki ochildi (Video)

Abu-Dabida noyob dengiz parki ochildi (Video)

Dunyodagi eng katta SpaceX raketasi uchirilganidan ko‘p o‘tmay portlab ketdi (Video)

Dunyodagi eng katta SpaceX raketasi uchirilganidan ko‘p o‘tmay portlab ketdi (Video)

Vin Dizel va Jeyson Momoa ishtirokidagi yangi "Forsaj-10" treyleri taqdim qilindi (Video)

Vin Dizel va Jeyson Momoa ishtirokidagi yangi "Forsaj-10" treyleri taqdim qilindi (Video)

HBO Max platformasi yangi "Garri Potter" serialining birinchi treylerini taqdim etdi (Video)

HBO Max platformasi yangi "Garri Potter" serialining birinchi treylerini taqdim etdi (Video)

Hyundai elektromobili yilning eng yaxshi avtomobili deb tan olindi (Video)

Hyundai elektromobili yilning eng yaxshi avtomobili deb tan olindi (Video)

Yaponiyaning Chiba prefekturasi qirg‘oqlarida 40 dan ortiq delfinlar topildi (Video)

Yaponiyaning Chiba prefekturasi qirg‘oqlarida 40 dan ortiq delfinlar topildi (Video)

Toshkentda yo’lni belgilanmagan qismidan kesib o’tayotgan piyodalarni “Spark” haydovchisi urib yubordi (Video)

Toshkentda yo’lni belgilanmagan qismidan kesib o’tayotgan piyodalarni “Spark” haydovchisi urib yubordi (Video)

Xitoylik 9 yoshli maktab o'quvchisi Rubik kubigini terish bo’yicha jahon rekordini yangiladi (Video)

Xitoylik 9 yoshli maktab o'quvchisi Rubik kubigini terish bo’yicha jahon rekordini yangiladi (Video)

Huawei yangi P60 va P60 Pro flagmanlarini rasman namoyish qildi (Video)

Huawei yangi P60 va P60 Pro flagmanlarini rasman namoyish qildi (Video)

Fotomateriallar

Londondagi qochib ketayotgan qirollik otlari, Keniya qilichbozlik klubi a'zolari, Sahroi Kabirdagi tuyalar, Ngondo qishlog'i aholisi. Kun suratlari

Londondagi qochib ketayotgan qirollik otlari, Keniya qilichbozlik klubi a'zolari, Sahroi Kabirdagi tuyalar, Ngondo qishlog'i aholisi. Kun suratlari

Bandalop havo raqs shousi, Noordveyk shahridagi lolazorlar, Nyu-Yorkda quyosh chiqishi, ninachi ovlayotgan qush. Kun suratlari

Bandalop havo raqs shousi, Noordveyk shahridagi lolazorlar, Nyu-Yorkda quyosh chiqishi, ninachi ovlayotgan qush. Kun suratlari

Ruminiyadagi Butunjahon sirk kuni, Dubaydagi kuchli yomg'ir oqibatlari, Tokiodagi Nezu ibodatxonasi bog'i, Magnitogorskda Gagarin kubogi namoyishi. Kun suratlari

Ruminiyadagi Butunjahon sirk kuni, Dubaydagi kuchli yomg'ir oqibatlari, Tokiodagi Nezu ibodatxonasi bog'i, Magnitogorskda Gagarin kubogi namoyishi. Kun suratlari

Barselona moda haftaligi, Gretsiyadagi bir kunlik umummilliy ish tashlash, Keniyadagi norozilik namoyishlari. Kun suratlari

Barselona moda haftaligi, Gretsiyadagi bir kunlik umummilliy ish tashlash, Keniyadagi norozilik namoyishlari. Kun suratlari

Kopengagen tarixiy binosidagi yong'in, Bali qo'riqxonasidagi maymunlar,  Bavariyadagi qor, ko'zoynak va dubulg'a taqqan it. Kun suratlari

Kopengagen tarixiy binosidagi yong'in, Bali qo'riqxonasidagi maymunlar, Bavariyadagi qor, ko'zoynak va dubulg'a taqqan it. Kun suratlari

Tailanddagi timsoh fermasi, Turkiyadagi jazirama, Buyuk Britaniyadagi lola festivali, Tayvandagi zilzila oqibatlari. Kun suratlari

Tailanddagi timsoh fermasi, Turkiyadagi jazirama, Buyuk Britaniyadagi lola festivali, Tayvandagi zilzila oqibatlari. Kun suratlari

Xitoydagi ot jangi, Filippindagi yong'inlar, Tokiodagi gullagan gilos daraxtlari, Kolombodagi chaqmoq. Kun suratlari

Xitoydagi ot jangi, Filippindagi yong'inlar, Tokiodagi gullagan gilos daraxtlari, Kolombodagi chaqmoq. Kun suratlari

Chili hayvonot bog‘idagi maymunlar, Bavariyadagi yong‘in, Xanoyda havoning ifloslanishi, Germaniyada Pasxa dushanbasi. Kun suratlari

Chili hayvonot bog‘idagi maymunlar, Bavariyadagi yong‘in, Xanoyda havoning ifloslanishi, Germaniyada Pasxa dushanbasi. Kun suratlari

Hindistondagi Holi ranglar festivali, Pekin moda haftaligi, Nankin botanika bog'idagi pingvinlar, Portugaliyadagi katta to'lqinlar. Hafta suratlari

Hindistondagi Holi ranglar festivali, Pekin moda haftaligi, Nankin botanika bog'idagi pingvinlar, Portugaliyadagi katta to'lqinlar. Hafta suratlari

Dubaydagi arab otlari xalqaro chempionati, Malayziya masjididagi musulmonlar, Hindistondagi Holi ranglar festivali, Indoneziyadagi suv toshqinlari. Kun suratlari

Dubaydagi arab otlari xalqaro chempionati, Malayziya masjididagi musulmonlar, Hindistondagi Holi ranglar festivali, Indoneziyadagi suv toshqinlari. Kun suratlari

So'nggi xabarlar

  • 22:47: Turkiya Rossiyaga qaramlikni kamaytirish uchun AQSh kompaniyalari bila...
  • 17:34: Tunda yaxshi uxlamaslik qanday xastaliklarga sabab bo‘ladi?
  • 17:24: Dubayda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida yosh atletlarimiz 7 ta medal...
  • 17:18: Istanbulda havoning ifloslanishi xavfli darajaga yetdi
  • 17:12: Tel-Avivda ommaviy norozilik namoyishi bo'lib o'tdi. Yetti kishi hibsg...
  • 16:52: 28-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
  • 16:32: "Titanik" yo‘lovchisining soati auksionda 1,38 million yevroga sotildi
  • 16:13: Biz 10 yoshdamiz! O‘zbekistondagi birinchi informatsion telekanal - Uz...
  • 15:46: Avstraliya Ukrainaga 100 mln dollarlik yangi yordam paketini taqdim et...
  • 15:35: Qozog‘istonda tovuq tuxumi importi vaqtincha taqiqlandi

IMAGES

  1. HAJ SAFARI, HAJGA BORISH HAQIDA #Uyda qoling

    haj safari necha kun

  2. Дин ишлари бўйича қўмита ҳаж сафари бўйича огоҳлантириш билан чиқди

    haj safari necha kun

  3. ҲАЖ САФАРИНИНГ ЯНГИ НАРҲИ БЕЛГИЛАНДИ.

    haj safari necha kun

  4. Haj safari

    haj safari necha kun

  5. Haj safari 2022 Yil Qashqadaryo Hammaga nasib qilsin borish! 2 Qism

    haj safari necha kun

  6. Feruzshoh Muxamedov

    haj safari necha kun

VIDEO

  1. Food Trip sa Icon Siam and the REAL REASON bakit nasa THAILAND

  2. MAKKAH BUS VLOG

  3. HAJ SAFARI 4 SAFARI

  4. Xammaga nasib qilsin Haj umra safari 🤲🤲

  5. HAJ VA UMRA safari RAYHON TOUR BILAN

  6. Haj va Umra Safari. Hammamizga nasib qilsin yaqinlar

COMMENTS

  1. Haj safari narxi oshganiga izoh berildi

    Musulmonlar idorasi ushbu to'lovga nimalar kirishi haqida ma'lumot berdi. Qayd etilishicha, Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta'sir qiluvchi qo'shimcha soliq va majburiy to'lovlar joriy qilingan. Shuningdek, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to'lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz ...

  2. Umra safari haqida maʼlumot

    Umra ziyorati haqida malumot, Umra safari necha kun davom etadi, Haj va umra farqi, Umra safari qoidalari, Umra qanday ibodat? RU. Asosiy; Tur paketlar; Biz haqimizda; Blog; RU +998 97 907 00 30; Umra safari haqida toʼliq maʼlumot. Umra — islom anʼanasida kichik haj. Umra Qurʼon oyati va Paygʻambar (as) sunnati bilan sobit bulgan amal.

  3. HAJ-2024: qachon boshlanadi, amallari va qatnashish qoidalari

    Hajni faqat Zulhijja oyida bajarish mumkin. Nisbatan tez yakunlanadigan Umradan farqli, Haj bir necha kun davomida amalga oshiriladi, chunki Haj qator amallarni o'z ichiga oladi. Har ikki ziyoratda ham o'xshash amallar mavjud, ammo Haj amallari ham ko'proq, ham murakkabroq. 2024 yildagi Haj sanasi: qachon boshlanadi va qachon tugaydi?

  4. Markaziy Osiyo davlatlari ichida o'zbekistonliklar uchun Haj ...

    Eslatib o'tamiz, mas'ul idoralar o'zbekistonliklarning Haj va Umra safari xarajatlari smetasini ochiqlamay keladi. O'zbekiston Musulmonlar idorasi bir necha oy avval Umra ziyoratining bir qismi O'zbekistonda ham turfirmalarga berilishi nazarda tutilgan hujjat tayyorlanayotganini bildirgan edi .

  5. Umra safari 2024

    Haj ibodati esa, qodir bo'lgan odamlarga, Alloh uchun Baytullohni haj qilish farz amalidir. Umra safari narxlari 2024. Umra safarining narxlari muntazam bir narxda bo'lolmaydi. Buning sabablari ko'p. Masalan, hadislarda "Ramazon oyidagi Umraning savobi - Haj ibodatining savobiga teng" deyilgani sababli bu oyda ziyoratchilarning Umraga borish ...

  6. «Haj-2022»: O'zbekistonlik ziyoratchilar uchun kvotalar va narxlar

    Qayd etilishicha, narxlarning oshishiga Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta'sir qiluvchi qo'shimcha soliq va majburiy to'lovlar joriy qilingani, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to'lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgani sabab bo'lgan.

  7. O'zbekiston musulmonlari idorasi Haj safari narxi oshgani va qanday

    "Haj-2022" mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to'lov miqdori oshirilib, 62 million 900 ming so'm etib belgilangandi.O'zbekiston musulmonlari idorasi ushbu to'lovga nimalar kirishi haqida ma'lumot berdi.. Idora tomonidan taqdim etilgan ma'lumotda birinchi navbatda Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta'sir qiluvchi qo'shimcha soliq va majburiy to'lovlar joriy ...

  8. Umra Haj Narxi, Haqida Ma'lumot, Safari 2023

    Umra Haj Narxi, Haqida Ma'lumot, Safari 2023 - 2024, Tartibi Amallari, umra va haj farqi, umra qanday qilinadi, Umra Va Haj Farqi, Umra Qanday Qilinadi, Haj Va Umra Farqi, Umra Safari Necha Kun Davom Etadi, Umra Safari Duolari, Umra Ziyorati, Haj Safari Vaqti, Haj Amallari, Haj Va Umra Kitobi, Haj Mavsumi Qachon, Haj Farzlari, Haj Haqida Hadis, Haj Surasi, Hajj 2023 - O'zbekiston umra-haj.uz ...

  9. "Yil imomi

    "Yil imomi - 2023" ko'rik tanlovi g'olibiga Haj safari yo'llanmasi berildi O'zbekiston 14:22 / 05.12.2023 13038 5-dekabr kuni O'zbekistondagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-domlalar o'rtasida "Yil imomi - 2023» ko'rik tanlovining respublika bosqichi bo'lib o'tdi.

  10. Ziya Travel

    Ziya travel Umra va haj safarlari. Burger menu. Biz haqimizda; Tariflar; Sharhlar; Kontaktlar ; FAQ (33) 0839999 (33) 0639999 (33) 0439999. ... Umra safari necha kun davom etadi? Safar umumiy 15 kun davom etadi, 3 kecha Madinada va 11 kecha Makkada bo'linadi 6. Yosh bolalarga chegrimalar bormi? ...

  11. O'zbekiston musulmonlari idorasi Haj safari narxlari oshganiga izoh

    "Haj-2022" mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to'lov miqdori 62 mln 900 ming so'm etib belgilandi. O'zbekiston musulmonlari idorasi ushbu to'lovga nimalar kirishini ma'lum qildi. Xabarda aytilishicha, Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta'sir qiluvchi qo'shimcha soliq va majburiy to'lovlar joriy qilingan.

  12. Haj Safari Atrofidagi Gap-soʻzlarga Munosabat

    HAJ SAFARI ATROFIDAGI GAP-SOʻZLARGA MUNOSABAT. Chorshanba , Aprel 3 2024 ... kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshganini aytib oʻtish ... Uchinchidan, yurtimiz ziyoratchilarining safar davomiyligi ayrim qoʻshni davlatlar ziyoratchilari singari 14-17-20 kun emas, ...

  13. islom.ziyouz.com

    Kishi haj safari asnosida ko'plab mamlakatlar, turli-turli millatlarni ko'radi. ... Shuning uchun inson umr davomida bir necha marta hajga borishi shart emas. Farz bo'lishining shartlari ... uch kun qurbon hayitidan avval va haj amallari tugagach, yetti kun ro'za gutib beradi. Hammasi bo'lib 10 kun ro'za tutadi. Ro'zani orada ba ...

  14. Adoqsiz navbat: Ota-onamizni Haj safariga jo'natish shu qadar muammomi?

    "KUN.UZ" saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: "WEB EXPERT" MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy.

  15. Haj Safari

    Welcome to 'Haj Safari' - the innovative 3D simulator for Umrah and Hajj! 🌟 Dive into a virtual Makkah, learning about sacred rituals through interactive mi...

  16. Haj va Umra safari faqat "Halal Tour" bilan birga!

    Umra safari 2023 Toshkent Umra ziyorati Haj umra Ramazon 2023 Umra safariga borish tartibi umra oktyabr. ... Assalomu aleykum! biz alohida adam oyim va buvimla bilan guruhimiz bilan 2 kun bo'lib qoldi Umra safaridan qaytib Dubayga keganimizga ertaga Toshkentga qaytamiz Xudo xolasa 25-Noyabrda bordik aeraportdan kuzatib qo'yishidan to bizni ...

  17. Muammo Hal!

    Umradan Lavhalar AyatTour.Uz +998 97 164 32 32 Umra Safari Narxi Samarqand 2023 2024 Tur Firma*****НАРХИ хакида, маълумотнома ДИККАТ БИЛАН УК...

  18. Musulmonlar idorasi haj safari narxi oshganiga izoh berdi

    Joriy yilda O'zbekistonda bir nafar ziyoratchiga "Haj-2022" mavsumi uchun to'lov miqdori 62 million 900 ming so'm etib belgilandi va bunga aholi noroziliklar bildirmoqda. Holat yuzasidan O'zbekiston musulmonlar idorasi munosabat bildirib, ushbu to'lovga nimalar kirishi haqida ma'lumot berdi.. Qayd etilishicha, Saudiya hukumati tomonidan Haj safari narxiga ta'sir qiluvchi qo ...

  19. Haj ziyoratiga borish tartibi qanday? (batafsil)

    Haj ziyoratiga yuborish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich: hujjat topshirish. Fuqaro doimiy yashash manzili bo'yicha mahalla fuqarolar yig'ini (MFY)ga hujjat (pasport nusxasi va ariza) topshirishi lozim. Ikkinchi bosqich: nomzodni o'rganish. Fuqaroning belgilangan mezonlarga muvofiqligi o'rganiladi.

  20. Haj

    Haj. Haj ( arabcha: ziyorat) — islomning 5 asosiy ruknidan biri [1]. Haj qilish es-hushi butun, sogʻlom, balogʻat yoshiga yetgan va oilasi nafaqasidan tashqari safar xarajatlariga kifoya qilgudek mablagʻi boʻlgan har bir musulmonga (umrida bir marta) farz qilingan. Haj qiluvchi kishilar miyqot (ehromni bogʻlash uchun oldindan belgilab ...

  21. «Bu hisni tuyish barchaga nasib qilsin»

    Mass-media fondi raisi o'rinbosari Saida Mirziyoyeva 2014 yilgi Haj safari haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o'zining Telegram-kanalida post qoldirdi. «2013 yil oilamiz uchun og'ir keldi, kutilmaganda yaqin bir insonimiz olamdan o'tib qoldi. Bu musibat meni hayotga boshqacha qarashga majbur etdi.

  22. Xitoy AQShni «qizil chiziqlar»ni kesib o'tishdan ogohlantirdi va

    Blinkenning ushbu yurtga safari agar Xitoyning ByteDance kompaniyasi ilovani to'qqiz oy ichida sotmaydigan bo'lsa, TikTok Amerika hududida taqiqlanishi to'g'risidagi qonun qabul qilinganidan bir necha kun o'tib amalga oshirildi. Juma kuni Entoni Blinken XXR raisi Si Jinping bilan ham uchrashdi. XXR rahbari Xitoy va AQSh «raqiblar ...

  23. O'zbekistonga pul o'tkazmalari hajmi oshdi, Rossiyaning ulushi kamaydi

    Bu haqda 25 aprel kuni Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov matbuot anjumanida ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. "1-chorakda pul o'tkazmalari 2,5 mlrd dollarni tashkil qildi. Bunda Qozog'iston va Rossiyaning ulushi 84 foizgacha pasaydi, Rossiyaning ulushi 68 foizgacha pasaydi.